Rahbariy hujjatlar belgilangan amal doirasida va qo‘llanish soha sida majburiy bo‘ladi. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal qilinish doirasiga ko‘ra tarmoqlararo (davlat) va tarmoq xillariga ajraladi. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar davlat va xo‘jalik bosh qaruv idoralari, shuningdek, TQ, STT va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat standartlariga o ‘xshash ishlab chiqiladi. Tarmoq darajasidagi rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni tasdiqlash va ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibi rahbariy hujjatlar va tav- siyanomalarni tasdiqlovchi tarmoq boshqaruv idoralari tomonidan o ‘rnatiladi. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal muddatini chekla- masdan yoki cheklangan muddatga tasdiqlanadi. Odatda, talablari amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar cheklangan muddatga tasdiqlanadi. Tarmoqlararo (davlat darajasida) qo‘llanishga m o‘ljallangan rahbariy hujjat yoki tavsiyanomalarning belgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi: — hujjat indeksi — davlat darajasidagilar uchun O‘z RH (O‘z T) yoki tarmoq darajasidagilar uchun RH (T); — «O‘zstandart» agentligi tomonidan beriladigan, hujjatni tasdiqlagan idoraning ikki darajali shartli belgisi; — defis bilan ajratilgan, ro‘yxatga olish uch darajali tartib raqami; — ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami. Misol uchun: O‘z RH 51-067:1998, O‘z T 51-052:1996. 3.6. Standartlashtirish usullari Standartlashtirishning keng tarqalgan usullari sifatida birxillash- tirish, agregatlashtirish va turlashni olishimiz mumkin. Aynan shu usullar yordamida o ‘zaro almashuvchanlikni ta’minlash mum