kin. Endi shu usullarni birma-bir ko‘rib chiqaylik. 123
Standartlashtirish bo‘yicha faoliyat murakkab va ko‘p qirralidir. Yuqori sifatli standartlashtirishga erishish bir qator usullardan foydalanishga asoslangan. Metod (usul) (yunonchadan «methodos») — aniqlangan masa- lani hal etishda nazariy yoki amaliy tadqiqotlarni qabul qilish, qo‘llash yo ‘lidir. Metod — ko‘p marotabali takrorlanishlar uchun oldindan rejalashtirilgan va maqbul bo‘lgan murakkab faoliyatni bajarish yo‘li. Standartlashtirishda quyidagi majmuaviy metod (usul)lardan foydalaniladi: falsafiy, umumilmiy, maxsus. 1. Falsafiy usullar. Bunga quyidagilar taalluqlidir: — teng huquqlilik usuli — nazariy tadqiqotlarning ilmiy usuli bo‘lib, o ‘zida obyekt to‘g‘risidagi mavhumlikdan muayyan, hamma tomonlama o ‘rganishga harakat qilingan fikrlarni ifoda etadi; — tarixiy usul — vaqt bo‘yicha o ‘zgarish va rivojlanishga faoliyat sifatida imkon beruvchi usul; — mantiqiy usul — turli nazariyalar ma’lumotlaridan kelib chiqib ishonchli bilimni kafolatlovchi, mantiqiy aloqadorlikni va munosabatni aniqlovchi usul. 2. Umumilmiy usullar. Bu usullar ilmiy bilishning empirik va nazariy darajasida turli maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Bularga quyida- gilar tegishlidir: — empirik (kuzatuv, solishtirish, tajriba, o ‘lchash) usullar; — nazariy (ideallashtirish, shakllantirish, aksiomali usul, ekstra- polatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish); — empirik-nazariy usullar (mavhumlashtirish, tahlil, sintez,