tirish amaliyotida keng qo‘llaniladi. Bu usullarsiz standartlashti rishning maxsus usullari: unifikatsiya, tiplashtirish, agregatlashtirish, modullashtirish, optimallashtirishdan foydalanish mumkin emas. 3.7.1. Birxillashtirish usuli Standartlashtirish obyektlarini simplifikatsiyalash — ko‘plab ishlatiladigan elementlarni oddiy qisqartirishga asoslangan unifi- katsiyalashtirishning elementar ko‘rinishi. Ixtiyoriy darajada simpli- fikatsiyalashni amalga oshirish mumkin. O‘z DSt 1.0-1998 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha izoh berilgan. Birxillashtirish — muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng m a’qul o ‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon yoki 130
xizmat turlarini tanlash. Birxillashtirish unifikatsiya deb ham yuritiladi. Bu so‘z lotincha uni — bir, unio — birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi. Birxillashtirish eng katta texnik-iqtisodiy samaradorlikka eri- shish maqsadida yangi ishlanmalar yoki oddiy qisqartirish (simpli- fikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Unifikatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1) buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish yo‘li bilan ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishini tezlashtirish; 2) buyumlarni va ularning tarkibiy elementlarining o ‘zaro alma- shinuvchanligi va yuqori sifatliligini ta’minlash; 3) buyumlarni loyihalash va tayyorlash xarajatlarini kamaytirish; 4) tayyorlash mashaqqatini kamaytirish.