Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
Mashina va apparatlarda unifikatsiyalashgan detallar va uzellar qanchalik ko‘p bo‘lsa, loyihalash va tayyorlash, chizmalar soni, yangi ishlab chiqilayotgan texnologik jarayonlar, loyihalanadigan jihozlar miqdori shunchalik qisqarib boradi. Unifikatsiya ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va seriyali ishlab chiqa rishning oshishiga, yangi mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish tezligini ta’minlashga, maxsus ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon yaratadi. Unifikatsiyaning vazifalari quyidagilar hi- soblanadi: — yangi yaratilayotgan mahsulotlar guruhi bir xilligi yoki tarkibiy elementlar (agregatlar, uzellar, detallar)ni ishlab chiqarish da o ‘zlashtirilgan, vazifaviy qo‘llanilishi avval loyihalashtirilgan yaqinligi bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish; — yangi yaratilayotgan yoki modernizatsiyalangan buyumlarni qo‘llash uchun unifikatsiyalashgan tarkibiy elementlarni ishlab chiqish; — konstruktiv-unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish; — buyum va materiallar qo‘llanilishiga ruxsat etilayotgan no- menklaturalarini maqsadli minimumga qisqartirish. 131
Birxillashtirishga turli talqinlar berilgan. Umumiy olganda, birxillashtirishni elementlarning turli-tumanligini ular qo'llanadigan tizimlarning turli-tumanligiga nisbatan qisqartirilishi deb tushunish ko'proq maqsadga muvofiq bo'ladi. Birxillashtirish asosan 3 ta darajada o'tkaziladi: — korxona darajasida; — tarmoq darajasida; — tarmoqlararo darajada. Keyingi vaqtlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlan- moqda. Birxillashtirish muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.