kranlari. Asosiy parametrlari» standartida harakatlanuvchi sakkizta tip o'lchamlari va uchta qadama kranlarining tip o'lchamlari quri- lishdagi ehtiyojlarni to'liq ta’minlashi nazarda tutilgan (3.6-rasm). Kimyo sanoati mashina va apparatlari ko'plab turli xil sharoit- larda, ya’ni turli xil bosimlar — juda ham chuqur vakuumdan 2500 kgf/sm2 gacha va undan yuqori bosimlar, —196 °C dan +2000 °C gacha haroratlarda, yong'in va portlash xavfi bor muhitlarda, issiqlik va mexanik kuchlanishlarning turli davriy- liklarida ishlashi uchun mo'ljallangan. Bunday turli-tuman ishchi sharoitlari ko'plab miqdorda apparat va mashinalar, ularning detal- lari va uzellarini yaratishni keltirib chiqaradi. Kimyoviy mashina- sozlik zavodlarida tayyorlanayotgan qurilmalar nomenklaturasining 4000 dan ko'p tip o'lchamlari hisoblanadi. Oxirgi yillarda kimyoviy apparatlarning payvandlangan detallari va unifikatsiyalangan uzellari asosida standartlar ishlab chiqilgan: konus, yassi, yarimshar shaklidagi po'lat bochkalar tubi; jezli, misli va aluminli bochka tublari, gardishli birikmalar; ajratilgan qismlarsiz qobiqlar; tirgakli vertikal va gorizontal idishlar, shtutserlar (rezbali quvur parchalari) va boshqalar (3.7-rasm). Kimyoviy apparatlar va qurilmalar detallari va uzellariga stan- dartlarni yaratish alohida unifikatsiyalangan uzellar va detallardan apparatlarni yig'ish keng imkoniyatlarni yaratib, nafaqat bularni sig'imli, issiqlik almashinuv va kolonnali apparatlarga, balki sentri- fuga, kompressorlar va boshqa mashina hamda apparatlarga joriy etish mumkin (3.8 va 3.9-rasmlar). Tarmoqlararo unifikatsiyalashtirish. Yo'l qurilishi mashina- sozligida unifikatsiyalashtirish usulining qo'llanilishi shatak asosida