teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Bobilda odat bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan «mina suvi» oqib o ‘tgan. Keyinchalik mina o ‘zgarib, hozirda biz ishlatadigan minutga aylandi. Vaqt o ‘tishi bilan suv soatlari o ‘z o ‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga ega soatlarga almashdi. Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq «mod- diy» o ‘lchashlar va o ‘lchov birliklarining katta ahamiyatga egaligini tushunib yetgan. Fan va texnikaning rivojlanishi turli fizikaviy kattaliklarning o ‘lchamlarini muayyan o ‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o ‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o ‘lchash vosi talari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin: — ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o ‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi); — ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foy- dalanilayotgan o ‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); — zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o ‘lchash vositalari ning tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni