O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə121/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Ari chaqqandan zaharlanish. Ma'lumotlarga qaraganda ari chaqqandan keyin kishilar o'limi eng kuchli zaharli ilonlar chaqqandan keyingi o'limdan uch barobar ko'p ekan. Arilar zahri tarkibida ham aminlar, peptidlar, proteinlar, turli xil fermentlar, seratonin, kininlar, gistaminlar, dofaminlar va boshqa moddalar bor. Ari zahri gialuronidaza fermenti ta'sirida organizmga yoyilib, gemolitikta'sirqiladi.

Asalaridan zaharlanish mellatin zahri hisobiga sodir bo'ladi. Bulardan tashqari, apamin, peptid kabi zaharlar bo'lib, ular orqa miya tolalari, neyronlarga o'zining neyrotoksik ta'sirini ko'rsatadi.



Klinikasi umumiy va mahalliy belgilardan iborat bo'lib, ilon, qoraqurt chaqqandagi klinik belgilarni beradi. Klinik manzarasi ari zahriga, chaqqan joyiga va faslga, asosan, makroorganizmning sensibilatsiyasiga bog'liq.

Ari chaqqanda tibbiyot xodimlari quyidagi muolajalarni bajarishlari kerak:



  • chaqqan joydan zahrini olib tashlash va o'sha joyga spirt
    yoki yod bilan ishlov berib, bog'lash, muzli xaltacha qo'yish;

  • novokain bilan yaxshilab aylantirma blokada qilish;

  • gistamin ishlab chiqarishga qarshi dorilar yuborish;

  • nafas yo'llari shishib, asfiksiya belgilari bo'lsa, traxeostomiya
    qo'llash, zarur bo'lsa, sun'iy nafas berishga o'tish;

  • bemorning ahvoliga qarab kerakli miqdorda gormonlar
    qo'llash;

  • qon bosimi tushib ketmasligining choralarini qo'llash;




  • zaharlanishga, o'tkir buyrak yetishmovchiligiga qarshi
    choralar qo'llab, simptomatik davolash olib borish;

  • bemor qo'zgaluvchan bo'lsa, tinchlantirish choralarini
    ko'rish, kerak bo'lsa, narkotiklardan ham foydalanish.

Sanab o'tilgan muolajalar bemorning ahvoliga qarab belgilanadi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin