O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Elementar o'pka-yurak reanimatsiyasida hamshira tashxisi va parvarishi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə31/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

2.4. Elementar o'pka-yurak reanimatsiyasida hamshira tashxisi va parvarishi

Reanimatsiyaga keltirilgan bemorga hamshira qanday tashxis qo'yishi va parvarish qilishini misol tariqasida ko'rib chiqamiz. K. ismli bemor o'ta og'ir holatda reanimatsiya bo'limiga olib kelindi. U hushsiz, vaqti-vaqti bilan qo'zg'aluvchan, tekshirishga, muolajalarni bajarishga ruxsat bermaydi; lablari, yuzi, shilliq qavatlari ko'kimtir; nafas olishga qiynaladi, mushaklari yordamida nafas olmoqda. Ko'krak qafasi harakati to'liq emas; nafas olganda qovurg'alar orasi chuqurlashib-kengayib ketadi, nafas olganda xirillaydi, tomir urishi tez, qon bosimi yuqori; lablari, og'iz bo'shlig'ida qusuq mahsulotlari; ko'z qorachiqlari kengaygan, tirnoqlari va tanasining chet qismlari sovuq va ko'kimtir. Bemorni reanimatsiya palatasiga olinib, olib kelgan kishilardan qisqa anamnez so'raladi, hamshira bemorni yechintiradi, qaltirash va tutqanoqqa qarshi choralar qo'llaydi, ayni vaqtda anamnez yig'adi, tekshirib yordam ko'rsatishga kirishish bilan birga xayolan hamshira tashxisi qo'yadi. Xayolidan o'tkir nafas yetishmovchiligi belgilari o'ta boshlaydi, og'iz bo'shlig'ini, nafas yo'llarini ko'rib u yerdagi qusuq mahsulotlari, ovqat qoldiqlarini tozalaydi va nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlaydi. Bemor nafas olishi erkinlashib, lablari qizara boshlagandan va biroz tinchlangandan so'ng hamshira o'z tashxisini qo'yadi: nafas yo'llari yot narsalar — qusuq mahsu­lotlari bilan qisman berkilishi, nafas yetishmovchiligining og'ir darajasi, miya shishi, miya komasi. Bundan xulosa shuki, bemor insult bo'lgan. Bemor yaqinlari uning gipertoniyakasalligi bilan kasallanib yurishini, vaqti-vaqti bilan davolanib turishi haqida va boshqa ma'lumotlar beradilar. Bemor kasalxonaga tushishidan 2— 3 soat oldin uyidagilar bilan janjallashib, uydan chiqqan va yiqilgan. Tez yordam chaqirilib, kasalxonaga olib kelingan. Demak, hamshira qo'ygan tashxis qisman to'g'ri. Endi hamshira parvarish rejasini tuza boshlaydi. Parvarish rejasida hamshira nimalarga yoki kasallikning qaysi belgilariga birinchi navbatda e'tibor berishi va ularni zudlik bilan amalga oshirishi kerakligini xayoliga keltiradi. Qaysi belgilar bemor holatini yanada og'irlashtirishi va uning o'limiga sabab bo'lishi mumkinligini; qanday tahlillarga qon, siydik va boshqa tekshirish usullarini qo'llash kerakligini, qaysi mutaxassisni chaqirish zarurligini aniqlaydi hamda bemor hayotiga xavf soladigan belgilarga qarshi kurashish usullarining algoritmini tuzadi. Shifokor ko'rsatmasi bilan ularni amalga oshira boshlaydi va kuzatuv varaqasiga yozib boradi.

Ahvoli og'ir bemorlarga hamshira tomonidan parvarish rejalashtirilganda maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, rejalarni bajarish uchun aniq harakatlar qilish, qimmatli vaqtdan unumli foydalanish, bemorni tinchlantirish uchun chora-tadbirlar ko'rish, shifokor tavsiyasiga binoan muolajalarni o'tkazish, bemor hushiga kelgan bo'lsa, iliq va ma'noli so'zlar va harakatlar bilan bemor ishonchini qozonish kerak.

Keyingi bosqichlarda parvarish rejalarini amalga oshirib, ular hujjatlashtirib boriladi, zarur bo'lsa, bemor holati va parvarish turiga qarab boshqa tibbiyot xodimlari yoki bemor yaqinlari jalb qilinadi. Navbatchi hamshira o'tkir miokard infarkti bilan og'rigan bemorning barcha muolajalari, parvarishlari, kuzatishlari o'z vaqtida olib borilishini kuzatish varaqasiga yozib borgan. Shunday paytda bemor bezovtalanib yurak sohasida, to'sh orqasida va epigastral sohada kuchli og'riq borligi, havo yetishmasligidan shikoyat qilgan. Tanani sovuq ter bosib, bemor baqira boshlagan, o'lim vahimasiga tushib, alahsiray boshlagan, bemor tanasi sovib, lablari ko'kara boshlagan, hamshira zudlik bilan bemor ko'rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganda, qon bosimi va pulsni aniqlab bo'lmagan. Puls uyqu arteriyasida aritmik, ipsimon, sanashning iloji yo'q, bemor havoni og'zi bilan olmoqda, tirnoqlari ko'kimtir va sovuq, yurak shovqinlari sust eshitiladi, tanasi sovuq ter bilan qoplangan. Hamshira o'z tashxisini qo'yadi: o'tkir miokard infarkti qaytalagan, kardiogen shokning og'ir darajasi, o'tkir tomir-yurak yetish-movchiligi, o'pka shishishining boshlang'ich davri. Hamshira zudlik bilan tegishli choralarni qo'llab, navbatchi shifokorni cha-qirgan. Bemorga kerakli muolajalar o'tkazilgan, ya'ni og'riqsizlan-tirish, gormonlar, geparin yuborish, bosim ostida kislorod berish, qon bosimini ko'tarish uchun barcha choralar qo'llanilgan. Yuqo-ridagi va qo'shimcha choralar ko'rilishiga qaramasdan asistoliya sodir bo'ladi, bemor terminal holatdan klinik o'limga o'tadi. Zudlik bilan bemor intubatsiya qilinib, o'pka sun'iy ventilatsiyasiga o'tiladi, yurak bilvosita massaj qilinadi, yurak ichiga kalsiy xlor, adrenalin, atropin eritmasi, 7% li bikarbonat yuboriladi, o'pka sun'iy ventilatsiyasi hamda bilvosita massaj davom ettiriladi, yurak faoliyati tiklanib monitorda ritm paydo bo'ladi, ko'z qorachiqlari toraya boshlaydi, qon bosimi ko'tarilib, lablari qizara boshlaydi. Bemorga infuzion terapiya gormonoterapiya bilan birgalikda, yurak mushaklarida metabolizmni yaxshilash, reologiyani yaxshilash choralari birga olib boriladi. Vaqt o'tishi bilan gemodinamika stabillashib, bemor o'zi intubatsion trubka orqali nafas ola boshlaydi, ritm to'liq bo'lib, sanasa bo'ladi. Bemor hushida emas, savollarga javob bermaydi, fiziologik reflekslar yo'q. 3—4 daqiqali asistoliyada miya qonsizlanib, zarar ko'rganligini inobatga olib, bemorga miya reanimatsiyasi usullari qo'llaniladi va bir sutkadan so'ng bemor hushiga kela boshlaydi, ayrim ko'rsatmalarni bajaradi.

Ko'rib turibsizki, o'z vaqtida qo'yilgan hamshira tashxisi, ko'rilgan reanimatsiya usullari va miya reanimatsiyasining o'z vaqtida qo'llanilishi, bemor hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Keyinchalik hamshira parvarish rejalarini tuzib, parvarishni bosqichma-bosqich amalga oshira boshlaydi. Parvarish rejasini tuzganda va uni amalga oshirish paytida bemor ahvoliga, hayotiga xavf soladigan holatlar, patologik simptomlar navbati bilan bajariladi. Parvarish rejasi tuzilganda mustaqil parvarishni hamshiraning o'zi amalga oshiradi. Parvarish shifokor bilan birga olib boriladi, bunda shifokorning o'zi qatnashishi shart. Hamkorlikdagi parvarishda bemor yaqinlari yoki boshqa xodimlar ham qatnashadi. Hamshira topshiriqlarni bajarib, ularni kuzatuv varaqasiga yozib boradi va parvarish natijalarini baholaydi. Parvarish natijasida maqsadga erishilsa, belgilab qo'yiladi. Maqsadga erishilmasa, hamshira shifokor bilan birgalikda qaytadan parvarish rejasini tuzadi — parvarish rejasiga o'zgartirishlar kiritadi.





Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin