3.5. Konikotomiya
Konikotomiya o'ta tez operatsiya bo'lib, intubatsiya qilishning iloji bo'lmaganda qo'llaniladi. Bu muolaja nafas yo'Uariga yot narsalar (ovqat, go'sht, suyak va boshqalar) tushganda asfiksiya rivojlanib, bemor ko'karib ketadi, shunda zudlik bilan o'rta tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. Zudlik bilan bajarilmasa bemor o'lishi mumkin, chunki bunday holatlarda soniyalar ham katta ahamiyatga ega. Operatsiya mikrotraxeostomiya yo'li bilan amalga oshiriladi. Dyufo ignasi bilan tog'aylar orasi teshiladi, igna orqali o'tgan havo bemor hayotini saqlab qolish uchun yetarli. Mikrotraxeostoma bilan yo'talni ham qo'zg'ash mumkin yoki igna orqali katetr yuborib, nafas yo'Uariga dorilar yuborish ham qo'llaniladi.
Konikotomiyani bajarish uchun bemor chalqancha yotqiziladi, yelkalari ostiga lo'lacha qo'yiladi, boshi orqaga tashlanadi. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan qalqonsimon tog'ayning pastki cheti va uzuksimon tog'ayning yuqori cheti orasidagi chuqurcha paypaslab topiladi. Bu chuqurcha konik boylamga (uzuksimon-qalqonsimon boylam) to'g'ri keladi. Katta va o'rta barmoqlar hiqildoq tog'aylarining yon tomonlariga qo'yilib, teri tortiladi. Bir
vaqtning o'zida boshni silkituvchi muskullar va bo'yin qon-tomir to'plami ham chetga suriladi. Skalpel yordamida barcha yumshoq to'qimalar ko'ndalang kesiladi (kesim uzuksimon tog'ayning yuqori chetiga yaqinroq turadi) va hiqildoq burmaosti bo'shlig'i ochiladi. Kesimga traxeostomik konyulya (yoki manjetli intubatsion naycha) kiritilib sun'iy nafas beriladi. Qalqonsimon va uzuksimon tog'aylar orasidagi masofa naychani kiritish uchun kichiklik qilsa, uzuksimon tog'ay halqasi kesiladi (krikotomiya). Erkin nafas tiklangandan so'ng odatdagi pastki yoki yuqorigi traxeostomiya amali bajarilib, traxeostomik naycha burmaosti bo'shlig'idan traxeyaga ko'chiriladi.
Kanyulya burmaosti bo'shlig'ida uzoq muddatga qolib ketganda perixondrit rivojlanib, hiqildoq chandiqlar bilan yopilib qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |