O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə40/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

3.6. Traxeostomiya

Tomoqda va yuqori nafas yoilarining o'tkazuvchanligi buzilganda, yo'tal yo'li bilan nafas yo'llaridagi balg'amning chiqishini iloji bo'lmaganda nafas yo'lining berkilib qolishiga xavf tug'ilganda, sun'iy nafas berish jarayoni uzoq — bir necha kunlab davom ettirish zarurati bo'lganda, yuqori nafas yo'llarida operatsiya o'tkazishga to'g'ri kelganda yoki ular jarohatida, nafas yo'llari falajida va nafas yo'llari kuyganda intubatsiya qilishning iloji bo'lmagan paytlarda traxeostomiya amali bajariladi.

Traxeostomiya nafas yo'llarini ochish bilan bir qatorda nafas yo'llariga infeksiya va sovuq havo kirishiga imkon yaratadi. Shuning uchun ham traxeostomiyada bemor parvarishi katta ahamiyatga ega.

Laringospazm tovush boylamlarining qisqarib qolishi — spazm natijasida sodir bo'ladigan holat bo'lib, o'ta og'ir kechadi. Bunga quyidagilar sabab bo'ladi. Tovush boylamlari va traxeyalar shilliq qavatining biror yot narsa bilan qitiqlanishi, yuzaki narkoz berishda intubatsiya, nafas yo'llarini tozalashdagi urinishlar, Mendelson sindromida ovoz boylamlarining reflektor ravishda qisqarib qolishi.

Gipoksiya, giperkapniya, nafas olishda qovurg'alararo mushaklarning qatnashuvi, nafas olish va chiqarishda xirillagan ovoz chiqishi laringospazmning klinik belgilaridir.

Davolashda keltirib chiqargan sabablarga qarshi choralar ko'riladi. Kerak bo'lsa, miorelaksantlar yuborilib intubatsiya qilinadi, buning iloji bo'lmasa, konikotomiya va traxeostomiya qilinib kislorod yuboriladi, bemor tinchlantiriladi.

Traxeostomiya va konikotomiya o'tkazish uchun quyidagilar kerak bo'ladi: qo'lni zararsizlantirish uchun yod, spirt, og'riq-sizlantirish va mahalliy anesteziya uchun novokain eritmasi, shpris ignasi bilan, o'tkir skalpel, salfetkalar, maxsus tishli ilgaklar, traxeya kesilganda uni ko'tarib turish uchun bir tishli ilgak, traxeostomiya uchun maxsus naychalar. Har xil o'lchamda yarani tikish uchun ip-igna, qon to'xtatish uchun bir nechta qisqich, Dyufo ignasi, turli xil hajmdagi katetrlar.

Traxeostomiyada parvarish paytida birinchi navbatdagi vazifa aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilishdir; traxeostomiya uchun naycha atrofidagi aseptik boylam uch-to'rt marta almashtiriladi, naycha esa besh-yetti marta tozalanib, natriy xlor eritmasi bilan bronxlar yuviladi, kerak bo'lsa, antibiotiklar qo'shiladi. Bronxlarni tozalashda elektrso'rg'ichlardan foydalaniladi. Bronxlarga katetr yuborganda uchlikni ochib qo'yish kerak. Tortib chiqarishda uchlikning ochiq qismi bosh barmoq bilan berkiladi, natijada vakuum sodir bo'lib, bronxga tushirilgan katetrdan balg'am chiqa boshlaydi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. O'ng bronxni tozalash uchun bemor boshini chap tomonga buradi, chap bronxni tozalash uchun esa, aksincha.

Traxeostomiya qo'yilgan bemorlar stoma orqali ko'p suyuqlik yo'qotadilar. Infuzion terapiya o'tkazganda yoki sun'iy nafas berish paytida ham buni hisobga olish kerak. Bundan tashqari, traxeosto­miya orqali tomchi usulida yoki fraksion yo'l bilan nafas yo'llari namlab turiladi. Parvarish yaxshi bo'lmasa, bemorda zotiljam, absess va o'pka gangrenasi kabi asoratlar sodir bo'lishi mumkin. Traxeostomiyada yoki sun'iy nafas berishda yotgan bemorlar bir necha bor yonboshga aylantirib turiladi. Ko'krak qafasi massaj qilinadi, perkussiya yo'li bilan tebratma massaj qilinib, bronxlar devoridan balg'amlar ko'chiriladi va so'rg'ich orqali olib tashlanadi. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda navbatdagi usullardan eng muhimi sun'iy nafas berishdir. Bu usul yuqorida qayd qilganimizdek, shoshilinch yordam amaliyotida keng tarqalgan.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin