4.7. Gipertonik kriz
Gipertonik kriz gipertoniya (xafaqonlik kasali) kasalligining har qanday darajasida bo'lishi mumkin. Gipertonik krizda to'satdan qon bosimi yuqori ko'tarilishi natijasida bemorda asab-tomirlar, ichki bezlar sistemasida, gumoral buzilishlar sodirbo'ladi. Olimlarning fikricha (Lang) gipertonik krizning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo'ladi: turli xil stresslar orqali ruhiy tarang-Hkning oshishi; asabning haddan tashqari charchashi; ish, oila va turmushdagi janjallar; ob-havo va atmosferaning salbiy ta'siri, magnit maydonlarning hosil bo'lishi; alkogol va ovqatlanish rejimining buzilishi; organizmda tuzlar muvozanatining turli sabablarga ko'ra buzilishi; uyqu, dam olish rejimining buzilishi; adrenalin, noradrenalin gormonlarining ko'p ajralib chiqishiga sabab bo'ladigan patologik jarayonlar.
Gipertonik krizning dastlabki bosqichlarida yurakda uncha katta o'zgarishlar sodir bo'lmaydi, aksincha yurak qisqarishi yaxshilanib, aortaga chiqadigan qon miqdori ko'payadi. Vaqt o'tishi bilan buning aksi bo'lib, tomirlar qarshiligi oshadi; yurak ishi
6-93
samaradorligi pasayadi; kateholaminlar ko'payib, tomirlar spazmi oshadi; siydik miqdori kamayib, organizmda shish paydo bo'lishi oqibatida suv-tuzlar muvozanati buzilib, anasarka degan holat sodir bo'ladi. Shularni hisobga olib, gipertonik krizda shoshi-linch yordam choralari qo'llanilishi kerak. Gipertonik kriz ikki turga boiinadi:
— birinchi tur — bir necha daqiqada qon bosimi yuqori
ko'tarilib, yurak sohasida, miyada og'riq paydo bo'ladi, nafas
olish qiyinlashadi. Bemor terlaydi, hayajon kuchayib, qaltiraydi.
Bemorda qo'rqish hissi kuchayadi, organizmda toshmalar bo'lishi
ham mumkin. Qon bosimi, xususan sistolik bosim 200 sim. ust.
va undan ham oshishi mumkin. Elektrokardiogrammada ST
sigmenti pasayadi, siydikda oqsil va eritrotsitlar bo'lishi mumkin.
Gipertonik krizning birinchi turi xafaqonlik kasalining birinchi
va ikkinchi A darajalarida bo'lib, bir necha soat davom etishi
mumkin;
— ikkinchi tur — xafaqonlik kasalligi ikkinchi В va
uchinchi darajasida rivojlanadi. Kriz belgilari asta-sekin rivojlanib,
kuchli bosh og'rig'i va ko'ngil aynish, qusish, holsizlik holatlari
sodir bo'lib, til qurishi, ko'z xiralashishi, qon bosimi ko'tarilishi
kuzatiladi: diastolik bosim 140—160 mm. sim. ust. ga teng bo'ladi.
Elektrokardiogrammada ST sigmenti tushadi, POP-kompleksi
kengayadi, siydik tahlilida oqsil, eritrotsitlar silindrlari ko'payadi.
Gipertonik krizning asoratlari quyidagilar: yurak yetish-movchiligi; yurak astmasi; o'pka shishuvi; miyada qon ayla-nishining buzilishi — insultlar; miya shishuvi va tutqanoqlar tutishi; hushning yo'qolishi; o'tkir miokard infarkti va h.k.
Dostları ilə paylaş: |