O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə58/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Klinik belgilari. Ko'krak sohasida kuchli og'riq paydo bo'ladi; ko'krak siqiladi; nafas yetishmaydi; hansirash kuchayadi; qon bosimi oldin oshib, keyinchalik tushib ketadi; bemor qusadi; elektrokardiogrammada o'ng yurakda zo'riqish bo'ladi; rentgentda infarktli pnevmoniya belgilari ko'zga tashlanadi; bemorda sianoz, akrasianoz rivojlangan bo'lib, kuchli qaltirash va o'lim vahimasi paydo bo'ladi; ko'krakning old qismida qora-qizg'ish dog'lar paydo bo'ladi.

Oldini olish va davolash. Miokard infarktining oldini olishda keltirib chiqaradigan sabablarga qarshi kurashiladi. Bemorni tinchlantirish, ham jismoniy, ham ruhiy tomondan og'riq-sizlantirish asosiy omillardan biri. Qon bosimi tushganda bosimni ko'tarish choralarini qo'llash maqsadga muvofiq. Trombni eritish maqsadida fibrinolizin va geparin birgalikda tomir ichiga tomchilab yuboriladi.

Yurak ishini va metabolizmni yaxshilash maqsadida strofantin, kokarbaksilaza, vitamin B6, oksigenoterapiya hamda boshqa simptomatik terapiyalar o'tkaziladi. Reanimatsiya amaliyotida yog', to'qima, havo, gaz va bakterial emboliyalar ham uchrab turadi.

Miokard infarktining ko'p uchraydigan va xavfli asoratlaridan biri o'pka shishuvidir. O'pka shishuvi chap qorincha yetishmovchiligida yoki reanimatsiyada uchraydigan og'ir kasalliklarning asorati hisoblarub, bemorni tez o'limga olib keladi. Uning patogenezida chap qorinchaning yetishmovchiligi natijasida kichik qon aylanish doirasida dimlanish paydo bo'ladi. Dimlanish o'pka kapillarlarida bosimni oshiradi va o'pkada qon aylanishi buziladi, bu esa o'z navbatida gipoksiyaga olib keladi; qon plazmasi alveola-larga chiqadi — bemoming burni, og'zidan ko'pik keladi, keyin bu ko'pik qizg'ish rangga aylanadi. Bemorni o'limga olib keladigan asorat, bu—gipoksiyadir. O'pka shishuvida shish oldin to'qi-malarda, keyinchalik alveolalarda paydo bo'ladi. O'pka shi-shuvining boshlang'ich davrlarida o'pkaning pastki qismida xirillash paydo bo'ladi, hansirash kuchayadi; taxikardiya va qon bosimi tusha boshlaydi, ko'karish va akratsianoz paydo bo'ladi; bemor qo'zg'aluvchan bo'lib, keyin hushini yo'qotadi. O'pka shishishiga katexolaminemiya, gipervolemiya, sun'iy nafas berish o'lcham-larini noto'g'ri tanlash, stenozlar (mitral klapan va aorta klapan-larining yetishmovchiligi), gipertoniya kasalliklari ham sabab bo'ladi. O'pka shishishi patogenezida alveolalarga tushgan suyuqlik ko'pikka aylanib, nafas yo'llarini berkitib qo'yishi va ko'p miqdorda alveolalarda suyuqlik ajralishiga (200 ml suvdan yoki suyuqlikdan 2—3 litrgacha suyuqlik paydo bo'ladi) sabab bo'ladi.

Davolashda birinchi navbatda kechiktirib bo'lmaydigan choralarni qo'llash kerak. Bularga: ko'pikni yo'qotish maqsadida 30 %li spirt bilan aerozollash yoki tomir ichiga yuborish; antimofsilon qo'shib kislorod bilan ingalatsiya qilish; sun'iy nafas berish va nafas chiqarish oxirida rhusbat bosimni qo'llash; yurak glikozidlarini qo'llash; gormonlar va kardiotoniklarni qo'llash; antigistamin va neyroleptiklarni qo'llash; metabolik asidozni yo'qotish; stimulatsiya qilish; oqsil (albumin) preparatlarini qo'yish va kichik qon aylanish sistemasida bosimni kamaytirish kabi choralar kiradi. Bu choralar o'z vaqtida qo'llanilsa o'pka shishuvini davolash mumkin bo'ladi.

Miokard infarktining yana bir asorati aritmiyalardir.

Yurak kasalliklari, xususan, miokard infarktini kuzatish va tashxis qo'yishda elektrokardiogrammaning roli muhim. Reani­matsiyada ishlaydigan har bir tibbiyot xodimi elektrokardiogramma bilan ishlashni bilishi kerak. Elektrokardiogramma, bu— yurak mushaklari qisqarishi natijasida hosil bo'lgan biotoklarni yozib olish demakdir. Bu biotoklar yurakning turli qismlarida turlicha bo'ladi.

Elektrokardiogramma apparati bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalariga to'liq rioya qilish kerak. Apparat yerga ulangan bo'lishi shart. Elektrodlar qo'yiladigan joylar spirt bilan artilib, natriy xlor eritmasi bilan ho'llangan, salfetkalar tayyor holda turishi kerak. Elektrodlar turli xilda, ya'ni o'ng qo'lga qizil elektrod, chap qo'lga sariq, oyoqqa esa qora elektrodlar taqiladi. EKG oldin 1 — 11 — 111 standart tarmoqlardan yozib olinadi. Keyin esa kuchaytirilgan uzatkichlardan, ya'ni ABP—o'ng qo'ldan, ABL— chap qo'ldan, АВФ — chap oyoqdan yozib olinadi. Ko'krak uzatkichlarini yozib olish uchun apparat В belgiga o'tkaziladi va B, dan B6 gacha yozib olinadi:

Bj — to'sh suyagining o'ng tomonidan 4- qovurg'a to'g'risida;

B2 — to'sh suyagi chap tomonidan 4-qovurg'a to'g'risida;

B3 — 2- va 4-qovurg'aIarni qo'shuvchi chiziq to'g'risida;

B4 — 5-qovurg'a orasida, o'rta o'mrov chizig'ida;

B5 — chap old qo'ltiqosti chizig'ida;

B6 — chap o'rta qo'ltiqosti chizig'ida.

Normada elektrokardiogramma olti tishli egri qiyshiq chiziqlardan iborat. Elektrokardiogrammani tahlil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- masofalar (intervallar) P-Q, QRS, ORCT, R-R
o'lchanadi; sekundlar, asosan, ikkinchi uzatkichlarda hisoblanadi;
tishlar normalari va kattaligi aniqlanadi.

— PORST sekundlarda, balandliklari esa mm.da aniqlanadi,


ritmlar ham aniqlanishi shart; ritmlarda sinusli qorinchalar
tugunlar ritmlari bor, agar ritm sinusli bo'lsa, unda albatta P
tishi bo'lishi kerak.

Miokard infarktini tashxislashda elektrokardiogramma asosiy o'rinni egallaydi. Ayrim hollardagina o'zgarishlar elektrokardio-grammada dastlabki 10—24 soat ichida ko'rinmasligi mumkin.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin