O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas
Davolash. Birinchi navbatda qon ketishining oldi olinishi kerak, keyin gipovolemiyaga qarshi kurashiladi. Sharoitga qarab, <*■ aksincha bo'lishi ham mumkin. Bu individual hal qilinadi. Agar qonni to'xtatishga operatsiya yoki narkoz kerak bo'lsa, oldin qon bosimi biroz ko'tarilib (qon, plazma yoki boshqa suyuqliklar quyilib), operatsiya boshlanadi. U uch bosqichda olib boriladi: qon ketish manbayi topiladi, qisqichlar yordamida qon to'xtatiladi. Bemorning ahvoli yaxshilangandan so'ng, qon ketishini to'xtatish oxirigacha yetkaziladi. Ba'zan ikkala jarayon bir vaqtda bajariladi. Gemorragik shokni davolashda asosiy vazifalardan biri qon va uning preparatlari (uning o'rnini bosadigan suyuqliklar) aniqlab olinishi kerak. Qon quyishning o'zi quyidagi sabablarga ko'ra uncha foyda bermasligi mumkin:
Shoshilinch holatda keltirilgan bemorning qon guruhi va
rezus omili noma'lum bo'lishi mumkin. Shok holatidagi bemor
tungi navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Ayni paytda zarur qon guruhi bo'lmasligi ham mumkin.
Shoshilinch qon quyishdan kelib chiqadigan asoratlar ko'p
uchraydi yoki qon quyishdan keyingi o'lim 10 % ni, gepatit В
bilan kasallanish esa 0,2—0,33 % ni tashkil qiladi. Uch kun oldin
tayyorlangan qongina 50 % gacha kislorodni to'qimalarga yetkazib
berish xususiyatiga ega. Eski qonning to'qimalarga kislorod tashish
xususiyati sust bo'lib, pirogen reaksiyalardan ham holi emas.
Tayyorlangan qonda 30 % gacha eritrotsitlar bir-biriga
yopishgan holda yotadi. Bu esa o'z navbatida quyilgan qonning
kapillarlardan o'tishiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, eritrotsitlar
diametri kapillarlar diametridan katta, shuning uchun ham uzoq
muddat quyilgan qon „shokli o'pka" klinikasi belgisini beradi.
Quyilgan qonning 25—30 % depolarda to'planadi.
Bu degani — qon quyishdan butunlay voz kechish kerak, degan gap emas. Gemorragik shokda tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldirish, bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorini ko'paytirish va mikrosirkulatsiyani yaxshilash asosiy vazifadir. Bir yarim litr qon ketganda ham qonning o'rnini bosuvchi preparatlardan foydalanib, bemorga yordam ko'rsatish mumkin.
Gemorragik shok quyidagi tartibda davolanadi: — birinchidan, markaziy tomirlardan biriga katetr qo'yilib, markaziy vena bosimi o'lchab turiladi;
Ё.94
ikkinchidan, qon o'rnini bosuvchi suyuqliklardan bir
litrcha quyiladi. Quyish tezligi bemorning ahvoliga va gemodinamik
ko'rsatkichlariga qarab belgilanadi. Keyin 500 ml. plazma protein
yoki albumin, 500 ml. 5 % li glukoza quyiladi. Hamma shart-
sharoitlar tayyor bo'lsa, qon quyishga o'tiladi. Bunday yo'l bilan
tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini tezda to'ldiriladi.
Tomirlar tonusi va ular ichidagi osmotik bosim oshiriladi. Bundan
tashqari, oqsillar quyish bilan katobalik jarayonlar kamaytiriladi.
Repoliglyukin quyib mikrosirkulatsiya yaxshilanadi, „sladj
sindromi"ning oldi olinadi, buyrakda qon aylanishi yaxshilanadi
va o'tkir buyrak yetishmovchiligining oldi olinadi. Bir litrgacha
dekstrantlar (poliglyukin, repoliglyukin) quyish mumkin. Ular
5 % li glukoza bilan almashtirib quyiladi. Aks holda buyrak
kapillarlarini kuydirishi, buyrakda o'zgarish keltirib chiqarishi va
qonni suyultirib yuborishi mumkin. Agar bemor ikki litr qon
yo'qotsa, unga ikki litr qon quyish xavfli hisobalanadi. Agar qon
eski bo'lsa, 700—1000 ml.gacha quyish mumkin, qolganiga qon
preparatlari va boshqa suyuqliklar hisobiga to'ldiriladi. Qon eski
bo'lsa, unda kaliy elementi ko'paygan bo'ladi. Yurakka normal
sharoitda kaliyning salbiy ta'sirini hisobga olib, har 500 ml. qondan
keyin 10 ml. kalsiy xlor eritmasi yuboriladi;
uchinchidan, gemorragik shokni davolashda asidozning
oldini olish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda 4 % li soda eritmasidan
foydalaniladi. Lekin ko'p miqdorda sitratli qon, soda eritmasini
quyishda ehtiyot bo'lish tavsiya qilinadi. Chunki sitratning o'zi
alkoloz holatiga olib kelishi mumkin, quyilgan soda miqdori esa
70—100 ml.dan oshmasligi kerak. Agar qon o'rnini bosuvchi
preparatlar bo'lmasa, gemorragik shokka qarshi kurashish, kasalga
yordam berish uchun izotonik suyuqliklardan foydalanish maq-
sadga muvofiqdir. Bu yo'l bilan qon hajmi to'ldiriladi. Gemorragik
shokni davolashda gormonlar, markaziy asab sistemasining ishini
yaxshilash uchun tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlardan foy
dalanish yaxshi natija beradi.
Tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldirmasdan vazopressorlar qo'llash, gemorragik shok holatidagi bemorning ahvolini og'irlashtiradi. Siydikning ko'p ajralishi to'qimalar gipoksiyasini kuchaytiradi. Shunday qilib, gemorragik shokni davolash juda og'ir muolaja bo'lib, tibbiyot xodimidan bilim va mahorat talab qiladi.