Birinchi yordamda bemor qutqarilgandan so'ng, mexanik asfiksiya sabablari aniqlanadi va yuqorida qayd etilgan sindrom-larga qarshi choralar ko'riladi. Oddiy o'pka-yurak va miya reanimatsiyasi choralari qo'llaniladi, bemor qo'zg'aluvchan
L 150
bo'lsa, tinchlantiriladi. Oksigenoterapiya, kerak bo'lsa, sun'iy nafas berish, miya shishuviga qarshi degidrotatsiya usullari, miya metabolizmini yaxshilash choralari ko'riladi. Bunday be-morlar yaxshi bo'lgandan keyin ham nevropatolog kuzatuvida bo'lishlari kerak.
Gipertermiya ayrim jarohat, kasallik va stresslarga qarshi organizm haroratining ko'tarilish bilan javob berishidir. Bu bir tomondan organizmning agressorga javobi bo'lsa, ikkinchi tomondan esa ayrim kimyoviy jarayonlarning tezlashuviga va organizmdan ko'p energiya sarflanishiga sabab bo'ladi. Ayrim operatsiya va narkozlardan so'ng boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyalar sodir bo'ladi. Bunda issiqlik ishlash bilan issiq-likni sarflash jarayoni o'rtasida organizmda buzilishlar ro'y beradi.
Gipertermiya sabablari xilma-xildir, chunonchi, harakat markazining jarohatlari, infeksiyalar, degidrotatsiya holatlari, zaharlanishlar yoki tashqi muhit haroratining oshib ketishi va hokazolar. Gipertermiyalarda, hususan boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyada , harorat tez ko'tariladi. Miya vabutun organizm tomirlari qisqarib, asidoz holati va to'qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi buziladi. Bujarayonbolalarda og'ir kechadi. Bolaning rangi oqarib ketadi, tanasi sovuq, tutqanoqlar tutadi; tomir urishi ipsimon bo'lib, qon bosimi oshadi; harorati 42°C va undan ortadi.
Dostları ilə paylaş: |