O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə133/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Gemokoagulatsiya holatini ko'rsatuvchi ko'rsatkichlar quyi-dagilar: trombotsitlar soni (normada bir mm.kub.qonda 350 mingtagacha, agar trombotsitlar 200000 dan kamaysa, bu holat trombotsitopeniya deyiladi va qon ketishga moyillik yuzaga keladi); qon oqish vaqti (normada Dyuke bo'yicha 1—3 daqiqani tashkil qiladi, bu holat aspirin ichganda yoki trombotsitopeniyada ham uchraydi); plazma rekalsifikatsiyasi (normada 90—120 s); plazmaning geparinga nisbatan sezuvchanligining oshishi (nor­mada 9—13 s); qon ivish vaqti (normada 5—10 s); protrombin vaqti (normada 23—30 s); plazmada fibrinogen miqdorining kamayishi (normada 4 mg); laxtaning erish vaqti (normada 4—5 soat).

Shu ko'rsatkichlar vaqtining kamayishi gipokoagulatsiya, vaqtning ko'payishi esa giperkoagulatsiyadan xabar beradi.



Fibrinoliz tomirlar sistemasida hosil bo'lgan laxtaning, plaz-min fermenti ta'sirida erishidir. Normada plazmin bir litr qonda 20 mg yoki 0,2 g bo'ladi. Katta operatsiyalarda, jarohatlarda to'qimalarning majag'lanishi oqibatida qonga tushib turadigan kinazalar (urokinaza, streptokinazalar) qonda doimo bo'ladi. Ular fibrinolizni tezlashtirishda katta rol o'ynaydi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin