T OMIRLAR ICHIDA QONNING QUYILIB QOLISH
SINDROMI (TIQQS)
8.1. TIQQS haqida tushuncha
Ko'p adabiyotlarda tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi degan ibora uchraydi. Tomirlar ichida qon quyilib qol-ganda bu sindrom yuzaga keladi. Deyarli hamma og'ir holatlarda TIQQS uchraydi, biroq u yashirin, simptomsiz holda kechadi. Kasallikning oxirgi darajalarida biror bir holat turtki bo'lib (qon quyish, plazma yoki biror suyuqlik quyish), perfuzion qon ketish kuzatiladi.
TlQQSni o'rganishdan oldin qonning ivish, suyulish va to'xtatish mexanizmlarini ko'rib chiqamiz.
To'qimalar yoki qon tomirlarining jarohatlanishi natijasida qon to'xtamasligi va trombozlar sodir bo'lishi mumkin. Bu holat reanimatsiya, akusher-ginekologiya va jarrohlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday holatlarning oldini olish va qon tomirlarida qonning normal oqishini — harakatini ta'minlash quyidagi omillarga ham bog'liq: qonning ivish vaqti va fibrinolitik (fibrinlarni eritish) sistemasiga; tomirlar endoteliyasining, ya'ni ichki qava-tining butunligiga; qon bosimi va qon oqish (tomirlar ichida) tezligiga; qon tarkibi va qon ishlab chiqarish a'zolarining ish faoliyatiga.
Dostları ilə paylaş: |