O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə128/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Birinchi yordamda bemor qutqarilgandan so'ng, mexanik asfiksiya sabablari aniqlanadi va yuqorida qayd etilgan sindrom-larga qarshi choralar ko'riladi. Oddiy o'pka-yurak va miya reanimatsiyasi choralari qo'llaniladi, bemor qo'zg'aluvchan

bo'lsa, tinchlantiriladi. Oksigenoterapiya, kerak bo'lsa, sun'iy nafas berish, miya shishuviga qarshi degidrotatsiya usullari, miya metabolizmini yaxshilash choralari ko'riladi. Bunday be-morlar yaxshi bo'lgandan keyin ham nevropatolog kuzatuvida bo'lishlari kerak.



Gipertermiya ayrim jarohat, kasallik va stresslarga qarshi organizm haroratining ko'tarilish bilan javob berishidir. Bu bir tomondan organizmning agressorga javobi bo'lsa, ikkinchi tomondan esa ayrim kimyoviy jarayonlarning tezlashuviga va organizmdan ko'p energiya sarflanishiga sabab bo'ladi. Ayrim operatsiya va narkozlardan so'ng boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyalar sodir bo'ladi. Bunda issiqlik ishlash bilan issiq-likni sarflash jarayoni o'rtasida organizmda buzilishlar ro'y beradi.

Gipertermiya sabablari xilma-xildir, chunonchi, harakat markazining jarohatlari, infeksiyalar, degidrotatsiya holatlari, zaharlanishlar yoki tashqi muhit haroratining oshib ketishi va hokazolar. Gipertermiyalarda, hususan boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyada , harorat tez ko'tariladi. Miyavabutun organizm tomirlari qisqarib, asidoz holati va to'qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi buziladi. Bujarayonbolalarda og'ir kechadi. Bolaning rangi oqarib ketadi, tanasi sovuq, tutqanoqlar tutadi; tomir urishi ipsimon bo'lib, qon bosimi oshadi; harorati 42°C va undan ortadi.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin