NAZORAT SAVOLLARI
Zaharli moddalar organizmga qanday yo'llar orqali kiradi?
O'tkir zaharlanishda markaziy asab sistemasida qanday
o'zgarishlar kuzatiladi?
Alimentar zaharlanishda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi?
lion chaqqanda kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar
nimalardan iborat?
Cho'kkanda o'limga nimalar sabab bo'ladi?
Gipertermiya sabablari nimalardan iborat, birinchi yordam
qanday ko'rsatiladi?
Hasharotlar chaqqanda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi?
Asfiksiyaning klinik belgilari va bosqichlari haqida nimalarni
bilasiz?
Gipotermiyagaolib keluvchi sabablar vaularni bartaraf qilish
bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?
TESTLAR
1. Zaharlanish turlari qaysi javobda to 'liq ко 'rsatilgan ?
l.O'tkir. 2. Yarim o'tkir. 3. Surunkali.
4. Ekzogen. 5. Endogen.
A. 1,2,3,4. B. 1,3,4,5. С 1,2,4,5.
D. 2,3,4,5. E. 1,2,3,5.
2. Zaharli moddalarning organizmga tushish yo'llarini
ко 'rsating.
A. Oshqozon-ichak yo'llari orqali.
B. Nafas yo'llari orqali.
C. Teri va shilliq qavatlar orqali.
D. Qon orqali.
E. Barchajavoblarto'g'ri.
3. Quyidagi javoblardan qaysi biri zaharlanishlarda birinchi
yordam ko'rsatishga kirmaydi?
A. Zaharli moddalarni organizmdan tezda chiqarib tashlash.
B. Antidod yordamida zahar ta'sirini va so'rilishini kamaytirish.
C. Vitaminoterapiya qo'llash.
D. Hayot uchun zarur bo'lgan a'zo va sistemalar ishini
yaxshilash.
E. Asoratlarning oldini olish.
4. Gipotermiyada tana harorati necha gradusgacha pasayganda
klinik о 'lim sodir bo 'ladi?
A. 28°C. B. 30°C. С. 25°С.
D. 35°C. E. 32°C.
5. Suvga cho'kkanda o'limning sababi nimadan iborat?
A. Asfiksiya.
B.Gipotermiya.
C. Gipertermiya.
D. AvaB javoblar to'g'ri.
E. Qon ketishdan.
VIII bob
Dostları ilə paylaş: |