Birinchi yordamda keltirib chiqargan sabablarga qarshi kurashiladi, vegetativ asab sistemasini blokada qilish, ganglio-blokatorlar qo'llash, antigistaminlar qo'llash va katta tomirlar o'tgan joylarga muzli xaltachalar qo'yish, sovuq suv bilan huqnalar qilish va oshqozonni sovuq suv bilan yuvish, terini spirt bilan ishqalash, bemorni sovuq suvga botirilgan choyshablar bilan o'rash, harorat tushiruvchi dorilar qo'llash muolajalari bajariladi. Shuni esda tutish kerakki, tana harorati tez tushirilmasa, qaytmas holatlar sodir bo'lib, organizm holdan toyishi mumkin.
Issiq eltish organizmda issiqlikni ishlab chiqarish ko'payib, uni sarflash kamayishidan kelib chiqadi. Issiq eltish issiq sex va fabrikalarda, operatsiya xonalarida ko'p uchraydi. Bemorning kuchli chanqashi va terlashi, ko'ngli aynishi, qusishi, hushini yo'qotishi va o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi klinik belgilari hisoblanadi. Bemor bunda komaga tushib qolishi mumkin. Birinchi yordamda muzdek suv ichirish, salqinga olib chiqish va sindromli terapiya o'tkazish lozim.
Oftob urishi. Boshga ko'p vaqt davomida oftob tushib turishi natijasida sodir bo'lib, miya ichidagi harorat 4ГС dan oshib ketadi. Oqibatda miyada gipertermiya bo'lib, miya shishuvi va o'tkir yurak yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi. Oftob urishi-ning klinikasi seroz meningit belgilarini eslatadi, ya'ni bemor-ning boshi og'riydi, bosh aylanish, ko'ngil aynish, qusish, darmonsizlik, og'ir holatlarda komaga tushib qolishi kuzatiladi. Davolashda simptomli va sindromli terapiya o'tkaziladi.
O'tkir nafas yetishmovchiligi sindromini davolashda qo'llaniladigan dorilar retsepti:
Rp: Sulfacomfokofiui — 2 ml.
D.t.d. N 10 in amp
S. 2 ml dan 2 marta mushaklar orasiga
Rp: Sol. Atropimi sulfati 0,1% -1,0.
D.t.d. N 10 in amp
S. shifokor ko'rsmatasi bilan teri ostiga
Rp: Broncholitini — 100 ml. S. kichik qoshiqda 3 marta
Rp: Sol. Eyphillini 2,4% - 5,0.
D.t.d. N 10 in amp
S. 5 ml dan 0,9% NaCl bilan tomir ichiga
Rp: Sol. Lobelini—1,0.
D.t.d. N 10 in amp
S. shifokor ko'rsatmasi bilan, muskul orasiga
Dostları ilə paylaş: |