8.2. TIQQSda hamshira tashxisi va parvarish rejasi
Tug'uruqxonaning qabul bo'limiga 24 yoshli bemor og'ir ah-volda tez yordam mashinasida keltirildi. Bemor ahvolini ko'rgan akusher-ginekolog va reanimatolog bemorda surunkali TIQQS va shok, gipovolemiyaborligini hamdatug'uruq jarayonining og'ir o'tishi mumkinligi, TIQQS yuzaga chiqishi, homilador ayolni reanimatsiya bo'limiga yotqizib tug'uruqqa tayyorlashga, qon quyishga, infuzion terapiya o'tkazish, bemorga ruhan va jismonan yordam berishni rejalashtirdilar. Bemor yaqinlariga habar berib, kutiladigan asoratlarni ularga tushuntirish, qon tayyorlash, barcha tahlillarni olib, hamma narsaga tayyor bo'lib turishlarini ogoh-lantiradilar.
Shifokorlar tashxisi quyidagicha bo'ladi: homiladorlikning 38— 39- haftasi, og'ir anemiya, nevropatiya — kechki toksikozning og'ir darajasi, surunkali TIQQS, surunkali shok, gipovolemiya.
Homilador ayol reanimatsiya xonasiga yotqizilib, hamshira tomonidan atroflicha ko'rib, tekshirilib, obyektiv, subyektiv va laboratoriya tekshirishlari o'tkazildi. Bemor va uning yaqinlari bilan suhbat o'tkazilib, anamnezi yig'ildi, homiladorning asosiy ehtiyojlarini, muammolarini to'liq aniqlab, hamshira quyidagicha tashxis qo'ydi: bemorning ahvoli og'ir, kuchli bosh og'riq, og'iz qurishi, darmonsizlik, uyqusizlik, oyoqlar, organizmda shish bor, terisi quruq, shilliq qavatlari biroz ko'kimtir, jismoniy hansirash, ko'ngil aynish bor, qon bosimi 180/120 mm.sim.ust.ga teng, tomir urishi tez — bir daqiqada 114 ta. Tahlillari quyidagicha: siydikda oqsil bor — HB—5,3 g/1, umumiy oqsil miqdori 5,8 g/1, mochevina miqdori 9,9 mmol, qand miqdori meyorida, markaziy vena bosimi manfiy, siydik miqdori kam, qon ivish vaqti boshlanishi 1 daqiqa 45 s, tugashi 2 daqiqa 35 s.
Homiladorga venasi orqali kerakli suyuqliklar quyildi va boshqa muolajalar o'tkazildi. Qilingan ishlar, bemor ko'rsatkich-lari kuzatuv varaqasiga yozib borildi. Shifokorlar tomonidan belgilangan muolajalar va ko'rsatmalar bajarildi, homilador ehtiyojlari va muammolari, muloqot orqali hal etildi. Hamshira birinchi, ikkinchi, uchinchi navbatda va keyinchalik qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligini bemor va uning oila a'zolari bilan suhbatlashib hal qildi, ya'ni parvarish rejasini tuzdi. Parvarish rejasiga bemorning o'zi, yaqinlari va boshqa tibbiyot hodimlari jalb etildi. Shifokorning ko'rsatmalari bajarildi, qilingan ishlar
kuzatuv varaqasiga yozib borildi. Bajarilgan ishlar samarasi yaxshi bo'lgani ko'zga yaqqol tashlanib, bemor ahvoli yaxshilandi.
Bemor uxlab turgach, o'zini yaxshi his qildi va to'lg'oq tuta boshladi. Bemor tug'uruqxonasiga olindi. Bemorga infuzion terapiya, yengilgina degidrotatsion terapiya davom ettirildi. Homilador ayol kelgandan tug'uruqxonasiga olingunicha unga bir litrga yaqin plazma, 500 ml toza qon va tegishli miqdorda suyuq-liklar quyildi. Ahvoli yaxshilangani homiladorning holati, qon tahlillari va gemodinamik ko'rsatkichlari stabillashganidan ko'-rinib turardi. Tug'uruq jarayoni ham og'riqsizlantirish va infuzion terapiya ostida o'tdi. Ajratilgan vaqt o'tishi bilan xavf-xatarlar yo'qligini hisobga olib, bemor tug'uruqdan keyingi xonaga o'tka-zildi.
Dostları ilə paylaş: |