TIQQS quyidagi darajalarda kechadi:
— birinchi daraja — tomirlarda trombotsitlar agre-
gatsiyasi natijasida mikrosirkulatsiya, a'zolarda qon aylanish
buziladi, asidoz sodir bo'ladi. Qonning suyultiruvchi va quyul-
tiruvchi — ivituvchi sistemasi ishdan chiqadi. Tomirlar ichida
mayda tromblar paydo bo'ladi. TIQQS birinchi darajasida geparin
qo'llash yaxshi natija beradi;
— ikkinchi daraja — gipokoagulatsiya, bunda qonni
ivituvchi omillar butunlay holdan toyadi,V—VIII omillar ishdan
chiqadi. Zaharli moddalar fibrinogenni parchalab, uni blokadaga
uchratadi, oqibatda fibrinogen miqdori kamayib ketadi.
' Koagulopatiya holati sodir bo'lib, barcha to'qima va a'zolardan qon keta boshlaydi. Qon suvdek suyuqlashib qoladi, hatto qon ketishlar igna suqilganda yoki muolajalar o'tkazilgan joylarda ham kuzatiladi;
— uchinchi daraja — TIQQSning tuzalish darajasi
bo'lib, agar asoratlar yuz bersa, davolashning iloji bo'lmasa,
asoratlar darajasi ham deyiladi. Bu darajada yuqorida qayd etilgan
patologik belgilar asta-sekin yo'qola boshlaydi, qon ketishlar
to'xtaydi, bemor organizmidagi sariqliklar ketadi, laboratoriya
belgilari normaga kela boshlaydi, ko'rsatkichlarning normallashishi
bemorning yaxshi bo'la boshlashidan darak beradi.
TIQQS hech qachon o'z-o'zidan birdan paydo bo'lmaydi, u og'ir holatlarning asorati yoki asosiy kasallikka nisbatan ikkilamchi holat hisoblanadi.
TIQQSning kelib chiqishida gipoksiya muhim o'rin tutadi.
Tashxis qo'yish uchun TIQQSga hos belgilar va laboratoriya tahlillariga asoslaniladi: qon tarkibida majag'langan, ezilgan eritrotsitlar topilsa, trombotsitopeniya bo'lsa, fibrinogen parcha-lari ko'payib fibrinogenni blokirovka qiladi, natijada fibrinogen miqdori, protrombin indeksi kamayadi, ya'ni 40—50 % gacha tushib ketadi; qonda V, VII, VIII, X omillarning kamayishi; geparinga qarshi moddalarning qonda ko'payib ketishi, anti-trombinning kamayishiga e'tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: |