O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə24/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
BUXG KITOBLARI

D-t 4630 K-t 1010, 1030

  • D-t 4210 K-t 1010, 1090

  • D-t 9410 K-t 1010, 1060

  • D-t 9220 K-t 1010, 1040

    BO‘LIM MAVZULARI VTZASIDAN
    AMALIY MASHG4 LOT

    1-t о p s h i г i q.

    Tovar-moddiy zaxiralarning oy boshiga qoldiq ma’lumotlari

    Schyot

    Nomi

    Summa

    1010

    Xomashyo va materiallar

    54100

    1030

    Yoqilg‘i

    39800

    1050

    Qurilish materiallari

    192560

    1020

    Yarim tayyor mahsulot va butlovchi qismlar

    45810

    1080

    Inventar va xo'jalik anjomlari

    74300







    May oyida xo‘jalikda amalga oshirilgan muomalalar

    t.r

    Muomalalar mazmuni

    Summa

    D-t

    K-t

    1

    Mol yetkazib beruvchilardan xomashyo va materiallar olindi

    478000







    2

    Kamolot qurilish tashkilotiga Qorasaroy savdo marka- zidan qurilish materiallari sodb olindi

    2800000







    3

    Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi

    300000







    4

    Qurilish materiallari uchun Qorasaroy savdo markaziga pul o'tkazildi '

    2800000







    5

    Umumxo'jalik ehtiyoji uchun yoqilg'i sotib olindi

    150000













    6

    Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyoji uchun xo'jalik inventarlari va jihozlari berildi

    70000







    7

    Ishlab chiqarish bo‘limida buzilgan mashinani tuzatish uchun ehtiyot qismlar sarflandi

    25000







    8

    Umumxo‘jalik ehtiyoji uchun yoqilg‘i sarflandi

    55000







    9

    Bo‘linma binosini joriy ta’mirlash uchun qurilish mate- riallari sarflandi

    250000







    10

    Asosiy ishlab chiqarishga qurilish materiallari sarflandi

    2000000










    Quyidagilami bajarish talab etiladi:



    1. Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.

    2. 1000 - «Materiallar» schyoti bo‘yicha aylanma va qoldiq summalami aniqlang.

    2-t о p s h i г i q.
    Toshkent traktor zavodining 1-sonli bo'limi omborida 2009-yil aprel oyining boshiga nisbatan mavjud boigan moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

    Materiallar
    nomi

    Nomenklatura
    raqami

    O‘lchov
    birligi

    Miqdori

    Nand

    Summa

    Akkumulator

    04101

    Dona

    60

    42600




    Rele

    04102

    Dona

    84

    14700




    Termos

    04103

    Dona

    98

    8250




    Jami:



















    Toshkent traktor zavodining 1-sonli sex omborida 2009-yil aprel oyida amalga oshirilgan muomalalar.



    t.r

    Hujjat nomi

    Muomalalar mazmuni

    Summa

    D-t

    K-t

    45

    Kirim orderi, akt

    Akkumulator ishlab chiqarish zavo- didan sex omboriga akkumulator keltirildi, 14 dona*42600 so‘m










    46

    Kirim orderi, akt

    Bazadan bo'lim omboriga quyidagi materiallar olib kelindi:

    1. Rele 20 dona *14700so‘m

    2. Termos 30 dona*8250 so‘m










    51

    Yuk xati, limit zabor kartasi

    Ombordan ishlab chiqarishga quyidagi materiallar berildi:

    1. akkumulator 14*42600

    2. rele 60*14700

    3. termos 86*8250













    Quyidagilami bajarish talab etiladi:



    1. Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.

    2. Sintetik va analitik schyotlar bo'yicha aylanma va qoldiqlami aniqlang.

    1. ВО‘1Ш

    ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY
    AKTIVLAR KISOBI


    1. ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI

    Asosiy vositalar - deb, o‘zining tabiiy ko'rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini o'tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi.
    Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la- digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo'ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlami asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standard (BXMS) asosida tartibga solinadi. /
    Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi:

    1. Sanoat

    2. Qishloq xo‘jaligi

    3. Transport

    4. Aloqa

    5. Qurilish

    6. Savdo va hokazolar

    Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo'yicha quyidagilarga bo'linadi:

    1. Yer va uni obodonlashtirish

    П. Binolar
    1П. Inshootlar

    1. Uzatuvchi moslamalar

    2. Mashina va asbob-uskunalar

    Shu jumladan:

    1. kuch mashinalari va asbob-uskunalar;

    2. ish mashinalari va asbob-uskunalar;

    1. o'lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya asbob-uskunalari;

    2. hisoblash texnikasi;

    d) boshqa mashina va asbob-uskunalar;

    1. Transport vositalari

    2. Instrumentlar

    УШ. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari

    1. Xo‘jalik inventarlari

    2. Ish va mahsuldor hayvonlar

    3. Ko‘p yillik o'simliklar

    ХП. Yer holatini yaxshilash bo'yicha kapital sarflar (inshootlardan tashqari)
    ХШ. Boshqa asosiy vositalar
    Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. 0‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17- moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin». Yeming qiymatiga uni xarid qilishda ko'chmas mulk agentliklariga to'lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yemi tozalash va boshqa xarajatlar qo'shiladi.
    Yemi obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga yeming unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o'xshash boshqa xarajatlar kiradi.
    Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo'jalik va ijtimoiy-maishiy maq- sadlardagi obyektlar, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.
    Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o'zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazi- falarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo'llari, ko'priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
    Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalami bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog'i hamda boshqalar) kiradi.
    Mashina va jihozlar asosiy vositalaming eng asosiy tun hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:

    • kuch mashina va jihozlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug* dvi- gatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;

    • ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, tennik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ulami ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlarjdir;

    -o'lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko'rsat- kichjlami o'lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalami o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;

    • hisoblash texnikasi ma’lumotlami elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;

    • boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o'tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.


    Yüklə 2,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin