O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə26/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98
BUXG KITOBLARI

Tiklash qiymati - asosiy fondlami qayta ishlab chiqarish qiyma- tidan, ya’ni ulami ma’lum muddatga harakatdagi bozor baholari bo'yicha qurish yoki sotib olishdan iborat.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati - ulaming dastlabki qiy- matidan eskirish summasining ayirmasiga teng.
Tbgatish qiymati - asosiy vositalarning foydali xizmat muddati oxirida - tugatilishi natijasida tugatish bilan bog'liq bo‘lgan, kutilayotgan xarajatlami chiqarib tashlagandan so‘ng olinadigan aktivlaming taxminiy qiymati. Asosiy vositalar bo'yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. asosiy vositalarning harakati bilan bog'liq operatsiyalami to'g'ri va o'z vaqtida rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umum- lashtirish;

  2. asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiya summalarini to'g'ri hisoblash;

  1. asosiy vositalarning ta’mir mablag'laridan to'g'ri va oqilona foy- dalanishni nazorat qilish;

  2. asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish;

  3. asosiy vositalarning xavfsizligini saqlashni nazorat qilish;

  4. ishlab chiqarish quvvatlaridan to'la foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni oshirishning ichki zaxiralarini aniqlash.

Asosiy vositalaming harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
OS-1 shakl. Asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
OS-2 shakl. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan obyektlaming qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
OS-3 shakl. Asosiy vositalami tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma.
OS-4 shakl. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi.
OS-6 shakl. Asosiy vositalami hisobga olishning inventar kartochkasi.
OS-7 shakl. Asosiy vositalami hisobga olish inventar kartochkasi ro'yxati.
OS-8 shakl. Asosiy vositalaming harakatini hisobga olish kartochkasi.
OS-9 shakl. Asosiy vositalaming inventar ro'yxati.

  1. ASOSIY VOSITALARNING QABUL QILINISH1 VA HISOBGA OLINISHI

Foydalanishga qo'yilgan har bir obyekt uchun OS-1 raqami tipik shakldagi asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoziladi. Asosiy vositalar hisobi korxonalar buxgalteriyasida belgilangan nomenklaturada har bir inventar obyekti bo'yicha yuritiladi.
Inventar obyekti deyilganda - ayrim vosita yoki ma’lum ishlab chiqarish funksiyasini bajarishga mo'ljallangan buyumlar jami tu- shuniladi.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vositalar obyektiga, masalan: binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga lOOdan 199 gacha, o'tkazish qurilmalariga 200 dan 299 gacha va hokazo inventarlar raqami birik- tiriladi.
Buxgalteriya dalolatnomasi asosida OS-6 inventar kartochkasi ochiladi va unga obyekt haqidagi hamma ma’lumotlar yoziladi. So'ngra inventar kartochkalari OS-7 shaklidagi maxsus ro'yxatga asosiy vositalami turkum gumhlari bo'yicha ro'yxat qilinadi. Ro'yxat qilingan kartochkalarga asosiy vositalar kartochkalari joy lash tiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (8-shakl) joriy yilning boshida ochiladi. Bu ma’lumotlardan asosiy vositalar harakati oborot vedomosti tuzishda foydalaniladi.
Subyektning mulkiy huquqidagi asosiy vositalaming mavjudligi va
harakati foydalanishdagi, zaxiradagi, konservatsiya qilingan va joriy lizing bo‘yicha oborotlami umumlashtirish aktiv 0100 - «Asosiy vositalar» schyotida hisobga olinadi. Schyotning debetida asosiy vositalami dastlabki qiymatida hisobga olinishi, kreditida esa hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalaming tahliliy hisobini tashkil qilish Respublikamiz hududidagi va xorijdagi ushbu vositalaming mavjudligi va harakati haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Foydalanishdagi, zaxiradagi yoki ijaraga berilgan korxonaga qarashli asosiy vositalaming holati va harakatini hisobga olish 0100- «Asosiy vositalar», 0700- «0‘matiladigan asbob-uskunalar», 0800-«Kapital qo‘yilmalar» schyotlarida yuritiladi.
Asosiy vositalar foydalanishga qabul qilinganda quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
D-t0810,0820,0840 K-t D-t 0110-0190 K-t
Qurib bitkazilganda, sotib olinganda kilim qilindi
D-t 8530,4610 K-t
Tekinga olindi, ta’sischilardan ulush sifatida
balansga qabul qilindi
D-l 0310 K-t
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar korxona mulkiga qabul qilindi k
Bepul qabul qilingan asosiy vositalami montaj qilish, o'matish bo'yicha xarajatlar korxona hisobidan olib boriladi va 08-schyotda yuri­tiladi. Bepul olingan asosiy vositalami keltirish bo‘yicha xarajatlar 2010, 2310, 2510-schyotlarida hisobga olinadi.

  1. ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CfflQARISHNING HISOBI

Asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishi quyidagi hollarda yuz beradi:

  1. Boshqa davlat korxonalariga yuqori tashkilot'ruxsati bilan qayta taqsimlash tarzida naqd pulsiz berilishi.

  2. Boshqa korxona va tashkilotlarga sotilishi.

  3. To‘la eskirishi, tabiiy ofat natijasida va boshqa sabablarga ko‘ra hisobdan chiqarilishi.

Asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishi OS-1, OS-3 va OS-4 shakllardagi qabul qilish topshirish aktlari bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalaming sintetik hisobi 13-jumal orderda yuntiladi. Unga 0100-«Asosiy vositalar», 0200-«Asosiy vositalaming eskirishi», 8500- «Ustav kapitali» schyotlarining krediti bo'yicha yozuvlar qayd qilinadi.










D 9210 К

D 6710,

<—
6510 К

D 10

4
10 К




D 0120 К

100000

1000

3000

>
D 10!

Ю К

»
D 94

30 К




D 0220 К

80000
Asosiy vositalami (bino) tugatish operatsiyalari hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

500
18500
Asosiy vositalar bepul topshirilganda korxonalar ulami o'zining hisobida quyidagicha aks ettiradi.
D 0120 К D 9210 К D 0220 К






Balans qiymati

Debetli qoldiq asosiy vositalaming qoldiq qiymatida ko‘rsatiladi va ustav kapitalining kamayishiga yoziladi.

D 9220

К

D

9430

К
Eskirish summasiga
Qoldiq qiymati
i

  1. ASOSIY VOSITALAR ESKIRISHINENG HISOBGA OLINISHI

Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida va tabiat kuchlari ta’sirida asta-sekin eskirib boradi. 0‘zining qiymatini ishlab chiqa- rilayotgan mahsulot yoki bajarilayotgan ish qiymatiga sekin-asta o‘tkazadi. Ular ikki xil - jismoniy va ma’naviy eskiradi.
Obyektlaming foydalanish jarayonidagi eskirishi jismoniy eskirish deyiladi.
Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydigan, tuzilishi jihatidan avval foydalanishda bo'lgan eski obyektlar ulami jismoniy jihatdan to‘la eskirgunga qadar ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu ma’naviy eskirish deyiladi.
Asosiy mahsulotlaming mahsulot qiymatiga o'tkazilgan qismi ulami qayta tiklash manbayi hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o'tkazib beriladigan asosiy vositalar eskirgan qismiining qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya summasi obyektning dastlabki qiymatini qayta tiklash va kapital ta’mir bilan bog’liq xarajatlami qoplashi lozim. Amortizatsiya summasi avval belgilangan me’yor asosida aniqlanadi.
Uy-joy, bino bo'yicha amortizatsiya summasi faqat kapital ta’mir xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Yangi binolami qurish bilan bog‘liq sarflar esa kapital qo'yilmalar hisobidan amalga oshiriladi.
0‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalaming amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:

Asosiy vositalar guruhlari

Amortizatsiya

normasi

l: Yengil avtomobillar, taksi, yo'llarda foydalaniladigan avto- traktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihoz- lar, kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlami qayta ishlash uskunalari

20 foiz

2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avto- tirkamalar, sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish korxo- nasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo'jalik mashinalari va uskunalari, ofis uchun mebel

15 foiz

3. Temiryo‘1, dengiz, daryo va havo transporti vositalari, kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: issiqlik-texni- ka uskunalari, turbina uskunalari, elektr dvigatellari va dizel generatorlar, elektr uzatish va aloqa qurilmalari, truboprovodlar

8 foiz

4. Binolar, inshootlar va imoratlar .

5 foiz

5. Boshqa guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar

10 foiz




Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga hamda O'zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.


Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

  • yer;

  • mahsuldor hayvonlar, buqa va ho'kizlar;

  • kutubxona fondi;

  • budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlaming vositalari;

  • belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar;

  • to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.

Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha amorti­zatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o‘tkazadi. Qisqa muddatli ijarada esa amortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullami qo'llash yo'li bilan amalga oshiriladi:

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin