O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə28/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
BUXG KITOBLARI

Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalaming qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.

Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash jadvali

Yillar

Balans
qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg'arilgan
amortizatsiya

Qoldiq
qiymati

1-yil

50000

(40 % % *50000)=20000

20000

30000

2-yil

50000

(40%%*30000)= 12000

32000

18000

3-yil

50000

(40%%* 18000)=7200

39200

10800

4-yil

50000

(40%%* 10800)=4320

43520

6480

5-yil

50000

4480

48000

2000






Kumulyativ usulda amortizatsiyani hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig'indisi usulijda har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo'lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to'liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillaming tartib soniga bo‘lib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga mo'ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyi­dagicha bo'ladi:
544+3+2+1=15 yil.

Kumulyativ usulda amortize tsiyani hisoblash jadvali

Yillar

Balans
qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg‘arilgan
amortizatsiya

Qoldiq
qiymati

1-yil

50000

(5/15 *48000)= 16000

16000

34000

2-yil

50000

(4/15*48000)= 12800

28800

21200

3-yil

50000

(3/15*48000)=9600

38400

11600

4-yil

50000

(2/15*48000)=6400

44800

5200

5-yil

50000

(1/15*480001=3200

48000

2000




Jadvallardan ko'rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari obyekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalami hisoblash uchun qo‘llaniladi. Chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samara- liroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo'lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.


0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotining kreditida obyektlarga hisoblangan eskirish summasi, debetida hisobdan chi- qarilayotgan asosiy vositaga hisoblangan eskirish summasi, debetida hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositaga hisoblangan eskirish sum- masining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochilgan:

  1. «Yemi obodonlashtirishning eskirishi».

  2. «Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o'zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi».

0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalaming eskirishi».
0230-«Mashina va jihozlaming eskirishi».
0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi».
0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi».
0260-«Transport vositalarining eskirishi». "
0270-«Ish hayvonlarining eskirishi».
0280-«Ko‘p yillik ekinlaming eskirishi».
0290-«Boshqa asosiy vositalaming eskirishi». 0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalaming eskirishi».
Hisoblangan amortizatsiya summasiga berilgan buxgalteriya provodkasi tarxi qiiyidagicha ko’rinishda beriladi.

D 9210 К D 0211-0299 К D 2010 К

1 (6) (1) .













D

2310

К

(2)

D_

-> | 2510

К

(3)

D

—► | 9420

К

(4)

D

-> | 2710

К




1-5 operatsiyalarda amortizatsiya ajratmasi hisoblandi. 6-opera- tsiyada eskirish summasi hisobdan chiqarildi.



  1. ASOSIY VOSITALARNING TA’MIRLANISHINI HISOBGA OLISH

Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turiladi. Ular ta’mir- lanish hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bajarilgan ta’mirlash ishlarining tannarxi hamda hajmini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.

  2. Ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlaming mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga to'g'ri o’tkazilishini ta’minlash.

  3. Ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag’lardan to’g’ri foydalanish ustidan nazorat olib borish.

  4. Ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida va sifatli qilib olib borilishi ustidan nazorat olib borish va boshqalar.

Ta’mirlash xarajatlari ikki usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi mumkin:

  1. ta’mirlash bilan hamma xarajatlaming vujudga kelish jarayonini ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlariga yozish;

  2. maxsus zaxira fondi tashkil qilish yo’li bilan korxonada ta’mirlash

ishlarini olib borish uchun zaxira O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil qilinadi.
Zaxira summasi har oyda, korxona tomonidan mustaqil belgi- lanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Zaxira summasi 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to'lovlar» passiv schyotida hisob qilinadi.
Ta’mirlash islilari xo'jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo‘jalik usulida ta’mirlash ishlari korxonaning ta’mir-mexanika yoki asosiy ishlab chiqarish sexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa maxsus ta’mir-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi. Bunda tugallangan ta’mirlash ishlari 2 nusxada: «Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi va bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi.
Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga pudratchi schyotiga asoslanib quyidagicha buxgalteriya aloqasi tuziladi:
D 6010 К . D 2510,9420,9430 К
< ►
Pudratchiga to'lanishi kerak bo'lgan summaga
D 5110 К D 6010 К
i
Pudratchi schyoti to'langanda
Asosiy vositalami pudrat usulida ta’mirlash bo’yicha haqiqiy huj- jatlar schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:


D 8910 К
D 6010 К
Haqiqiy xarajatlar zaxiraning kamayishiga yozildi

D 2310 К
<—
D 8910 К

Zaxira schyotining yopilishi
Asosiy vositalami ta’mirlash xarajatlarini schyotlarga yozish 8910- schyotidan foydalanilgan holda quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi: "
4
Zaxira fondi ajratma summasiga
Xo'jalik usulida bajarilgan ta’mirlash xarajatlarining schyotlarga yozilishi quyidagicha aks ettiriladi:

  1. Ta’mirlash uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar hisobga olindi.

D-t2310
K-tl010, 1050, 1210, 1310, 6520, 6710.

  1. Tugallangan ta’mirlash xarajatlari zaxira fondi hisobidan qoplandi.

D-t8910
K-12310

  1. ASOSIY VOSITALARNING INYENTARIZATSIYASINI fflSOBGA OLISH

0‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o‘z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim. /
Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqat- da borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat.
Inventarizatsiya vaqtida ortiqcha chiqqan obyektlarga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:

D 0220-0290 К D 0120-0190 К D 9390 К




,

1 r
Eskirish qiymati

Dastlabki qiymat




Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inven­tarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMA va «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga asoslanadi.


«Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o'tkaziladi.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash texnik hujjatlarini tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash maqsadlarida o’tkaziladi. Inventarizatsiyani
korxona rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan inventarizatsiya komissiyasi o'tkazadi va moddiy javobgar shaxs ishtirokida asosiy vositalar inven­tarizatsiya qilinadi. Olingan ma’lumotlar inventarizatsiya vedomostiga yozilib, buxgalteriyaga topshiriladi. Vedomost 2 nusxada tuzilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.






D 9210 К

D 110-0190 К

D 0210-0290 К

D 4730 К

Dastlabki qiymatiga

Eskirish qiymatiga
D 9430
К
Asosiy vositalar kamomadi yoki buzilishi aybdor shaxslar hisobidan qoplanadi. Agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo‘lsa, u holda zararlar schotlarida quyidagicha aks ettiriladi:

Korxonaga
keltirilgan
zarar
summasiga
Aybdor shaxs schyotiga olib borilgan kamomad
i


D 9430 К
Aybdori aniqlanmagan
moddiy zarar summasi
i >

  1. NOMODDIY AKTIVLARNING HISOBGA OLINISHI

Nomoddiy aktivlarga obyektlami yuritish tartibi va ulaming tarkibi 7-son BXMS ga muvofiq tartibga solinadi.
Nomoddiy aktivlar - moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo'jalik faoliyati uzoq muddat (1 yildan ortiq foydalanish yoki boshqarish uchun) nazorat qilinadigan obyektlardir.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga yer, suv va boshqa tabiat resurslaridan foydalanish huquqi, patentlar, nou-xau, gudvil (firma bahosi) korxonani tashkil qilish davrida vujudga keladigan tashkiliy xarajatlar, mualliflik huquqlari, sanoat namunalariga huquq, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va boshqa nomoddiy aktivlar kiradi. Nomod­diy aktivlar boshlang'ich bahoda quyidagicha tartibdj hisobga olinadi:
1. Ta’sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga ulaming qo'yil- malari hisobiga kiritilsa, tomonlaming kelishuv bo'yicha.

  1. Haq to‘lash evaziga boshqa korxona va shaxslardan olinsa sotib olish va tayyor holatga keltirish bo'yicha sarflangan haqiqiy xarajatlardan iborat.

  2. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olinsa, eksport yo‘li bilan.

  3. 0‘z korxonasida ilmiy tadqiqot ishlari natijasida olingan bo‘lsa, haqiqiy tannarxi bo'yicha.

Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruh- larga bo‘lib, ulami hisobga olishni tashkil qilish;

  • nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga hamda me’yoriy hujjatlarga asosan to'g'ri va o'z vaqtida baholash;

  • korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo'yicha buxgalteriya hisobi andozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amor- tizatsiya hisoblash;

  • mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbi-

larmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish; '

  • eskirgan, xo'jalik uchun oshiqcha bo'lgan nomoddiy aktivlarni o'z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo'yicha moliyaviy natija- lami to'g'ri va o'z vaqtida aniqlash.

Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni sodda- lashtirish maqsadida ulami turkumlab olish maqsadga muvofiq hisob- lanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlaming quyidagi turlari mavjud:
Patentlar — korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib olinadi.
Nou-xau — ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlan- gan qiymat bo'yicha korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlami o'z ichiga oladi.
Tovar belgilari, savdo markalari va atamalari — belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza qilingan korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari.

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin