O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


«Estello» korxonasining 20 yil mart oyi uchun xo'jalik muomalalarini



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə49/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98
BUXG KITOBLARI

«Estello» korxonasining 20 yil mart oyi uchun xo'jalik muomalalarini
ro'yxatga olish daltari



Muomalalar mazmuni

Summa

Debet

Kredit

1.

«Imkoniyat» korxonasidan quyidagi xomashyo va materiallar sotib olindi:













- oliy navli un 500 kg*960 so'm













- shakar 200 kg* 1700 so'm













- xamirturush 80 pachka*110 so'm










2.

«Ta’minotchi» fermer xo'jaligidan quyidagi materiallar sotib olindi:













- margarin 200 kg*2860 so'm













- sut 200 litr*800 so'm













- tuxum 250 dona* 150 so'm










3.

Asosiy ishlab chiqarishga quyidagi xomashyo va materiallar sarflandi:



















- oliy navli un 300 kg*960 so‘m













- shakar 80 kg* 1700 so'm













- xamirturush 20 pachka*110 so'm













- margarin 105 kg*2860 so'm













- sut 200 litr*800 so'm













- tuxum 100 dona* 150 so'm










4

Asosiy ishlab chiqarish ishchilaiiga ish haqi hisoblandi

2876000







5

Ish haqi fondidan ijtimoiy sug'urta ajratmasi hisoblandi (21%)










6

Asosiy ishlab chiqarishda ishlatilayotgan asosiy vositalardan foydalanilganlik uchun
10% dan amortizatsiya ajratmasi hisoblandi:













Xamir qorish stanogi uchun













Gaz pec hi uchun










7

«Shirin» savdo do'koni qarzini to'ladi

682000







8

Imkoniyat korxonasiga bo'lgan qarz o'tkazib berildi

350000







9

Taqsimlanmagan foydadan 5% zaxira fondiga o'tkazildi










10

«Aziza» savdo do'koni debtorlik qarzini pul o'tkazish yo'li bilan to'ladi

987100







11

Xodimlarga hisoblangan ish haqidan daromad solig'i hisoblandi

430358.4







12

Hisoblangan ish haqidan pensiya fondiga ajratma hisoblandi

125521.2







13

Ta’minotchi fermer xo'jaligiga bo'lgan qarz o'tkazib berildi

350000







14

Mahsulotni qadoqlash uchun material xarajatlari sarflandi

106940













15

Ishlab chiqarish ehtiyoji uchun elektr energiya xarajatlan sarflandi

57620







16

Asosiy ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot haqiqiy tannarxda omborga kirim qilindi










17

Korxona binosiga 5% amortizatsiya hisoblandi










18

Mol yetkazib beruvchilardan benzin sotib olindi

150000







19

Umumishlab chiqarish ehtiyoji uchun yoqilg'i sarflandi

40000







20

Tayyor mahsulot sotish bahosida «Shirin» savdo do'koniga jo'natildi













Jami













Quyidagilami bajarish talab etiladi:



  1. Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzish.

  2. Sintetik va analitik schyotlar bo'yicha aylanma va qoldiqlami aniqlash.

  3. Sintetik va analitik schyotlar bo'yicha aylanma qaydnoma tuzish.

  1. BO‘LIM

TAYYOR MAHSULOT VA UNI SOTISHNING fflSOBI

  1. TAYYOR MAHSULOT YA UNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI

Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standard yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo'jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar kiritiladi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo'nadsh va realizatsiyasi hisobi alohida o‘rin tudb, ulaming vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog'liq hamma xo'jalik opera- tsiyalarini hisobda o‘z vaqdda va to‘g‘ri aks ettirish.

  2. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash.

  3. Ish va xizmatlaming bajarish hajmi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha uzluksiz nazorat o'matish, ortib jo'natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo'yicha hujjatlami o'z vaqdda to'g'ri rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblami aniq tashkil etish.

  4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajmi bo'yicha shartnoma mol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish.

  5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan (davr xarajatlari) haqiqiy xarajadami o'z vaqdda aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash.

Ushbu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo'jaligi va mahsulot sodshni to'g'ri tashkil qilishga, hujjadami vaqdda rasmiylashtirishga bog'liq.
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarish­dan olinishi, uning harakad, sodlishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblami aks ettiradi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o'db, texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo’ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi.
Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo’natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to’lanmagan yo’ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo'natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko’ra (sifatiga ko‘ra xari- doming talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘miga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo’lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollami yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo’shimcha ravishda ko’rgazmada qo’yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko’rgazmada qo’yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo’lgan mahsulotlardir.

  1. TAYYOR MAHSULOTNI BAHOLASH VA UNING NOMENKLATURASI

Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi.
Baho - qiymatning puldagi ifodasi. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog’liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida.
Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tan- narxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlaming ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo’ladi, shu sababdan mahsulotni joriy hisobda shartli baholash kerak. Tayyor mahsulotlaming tezkor hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda yuritiladi.
Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22- bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan:
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xomashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzon- lashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo'lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o'lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog'liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxi sanaladi.
Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin:

  1. zaxiralami sotish narxi arzonlashganda;

  2. zaxiralarga zarar yetganda;

d) zaxiralar to‘la va qisman eskirganda.
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo'lishi mumkin.
Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan boisa, og‘i- shishlar ham shu schyotlarda tejalgan bo'lsa - qizil stomo usulida, ortiqcha xarajat bo'lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro'yxati - nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqa- riladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari yotadi. Nomenklatura ro'yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Наг bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo'ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro'yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi:

  • dispetcherlik xizmati turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi;

  • sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi;

  • marketing bo‘limi - jo'natish bo'limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat qilish uchun;

  • buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.

  1. TAYYOR MAHSULOTNI OMBORDA VA BUXGALTERIYADA fflSOBGA OLISH

Texnika nazorati bo'limi tomonidan qabul qilingan, tayyor holga keltirilgan mahsulotlar omborga topshiriladi. Bu jarayon ko‘pchilik korxonalarda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomosti orqali rasmiylashtiriladi. Hujjatlarda topshiruvchi, uning topshirish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, nomi, soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslaming imzosi qo‘yiladi.
Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedo- mostini yuritadi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko'rsat- kichlaridagi hisobi varaqalarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim, hujjatlari asosida mahsulot xarajati bilan bog'liq operatsiyalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotlar ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usuli bo'yicha tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi. (№ М-17-shakli). Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalteming imzo qo'yishi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi ko‘rsatkichlari asosida har oyda tayyor mahsulotlar qoldiq hisobi vedomostini to'ldiradi. Bu yerda hisobi baholari bo'yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari (16-vedomostning 1-bo‘limi) bilan solishtiriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog'liq operatsiyalar rasmiy- lashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot».
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot».
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti korxonaning omborida mavjud boigan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu schyotning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa schyotlaming krediti bilan korres- pondensiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jumal order shaklida tayyor mahsulotlar analitik hisobi 16-vedomostda yuritiladi. Bu vedomost 4 ta bo‘limdan iborat bo’lib, 1-bo‘lim «Tayyor mahsulotlaming pul shaklidagi harakati» deb nomlanadi. Unda mahsulotlaming hisobot oyi boshiga qoldig'i, omborga qabul qilingani, xaridorlarga jo’natilgani va hisobot oyi oxiridagi qoldig‘i, qabul qilingan bahoda hamda haqiqiy tannarxda ko’rsatiladi.

  1. bo‘lim «Jo'natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib unda jo’natilgan mahsulotlar analitik hisobi xaridor korxonalar nomiga yozilgan har bir talabnomasi bo’yicha alohida yuritiladi.

  2. bo‘lim «To‘langan va to’lanmagan schyotlar» haqida umumiy ma'lumotlar deb nomlanib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko’rsatilgan.

  3. bo‘limda soliq bo’yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob ma’lumot- lari keltiriladi.

16-qaydnoma. «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati».

Ko’rsatkichlar

Bahosi bo’yicha

Tannarx bo’yicha

Yozuv uchun
asos

Oy boshiga ko‘ra qoldiq










Ishlab chiqarishdan qabul qilish










Qoldiq bilan jami haqiqiy tannarxning hisob bahosi- ga nisbati, %










Hisobot oyidagi ortib jo’natilgan mahsulot










Oy oxiridagi qoldiq













Hisobot davn oxirida 16-qaydnomaning oylik jami summasi 11- jumal-orderga ko'chiriladi. Bu jumal-order ikki bo’litndan iborat bo'lib, 1-bo‘limda tayyor mahsulot, realizatsiya bilan bog’liq xarajatlar schyoti, jo’natilgan tovarlar, sotish, xaridor va buyuitmachilar bilan hisob-kitob schyotlarining krediti bo'yicha yozuvlar keltiriladi. Dddnchi bo'limda mahsulot sotish bo'yicha analitik hisob ma’lumotlari keltiriladi.


16-qaydnoma va 11-jumal-order asosida tuziladigan tovami sotish haqidagi hisobotda quyidagi ko'rsatkichlar gayd etiladi: sotilgan mah- sulotning reja tannirxi, reja va haqiqiy tannarx o'rtasidagi farq, sotish bilan bog'liq xarajatlar schyoti, soliq, sotishdan olingan tushum va oxirgi moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi.

  1. TAYYOR MAHSULOTNI JO‘NATISHNI fflSOBGA OLISH

Ombordan tayyor mahsulotlar xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug'iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor kor- xonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo'natish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxona buxgalteriyasi schyot, to‘lov talabnoma hujjatini yozib, tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko'rsatgan bankka topshiradi.
To‘lov talabnoma - mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridoming hisob- kitob raqamidan pulni o'tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug'idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura albatta, toiov talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o'rtasida joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlami mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
Fronko joyning quyidagi turlari mavjud:
Fronko ombor mol yetkazib beruvchi - bunda mahsulot ortib jo'natish bilan bog'liq barcha xarajatlami mol yetkazib beruvchi korxona to'lov talabnomasiga qo'shadi (bunga ortib topshirish ishlarining qiymati, temiryo'l tarifi va yetkazib berish xarajatlari kiradi).
Fronko-stantsiya jo'natish - bunda mol yetkazib beruvchi to'lov talabnomasiga faqat temiryo'l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlarini qo'shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko vagon - shunday narxki, bunda mol yetkazib beruvchi to'lov talabnomasiga faqat temir yo'l tarifi sum- masini qo'shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko - bunda jo'natish bo'yicha barcha
hujjatlar temiryo‘l tarifi qo'shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan toianadi.
Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonaning xo'jalik munosabatlari o‘matish haqidagi o'zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

  1. MAHSULOT SOTISH BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLISH

Mahsulotlarni sotish uchun qator xarajatlar qilinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ular korxonalarda sodir bo'ladigan xarajatlaming asosiy salmog‘ini tashkil etadi. Shuning uchun ham mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlami to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida hisobga olish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulot realizatsiyasi bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlami hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga ko‘ra quyidagi xarajatlar mahsulot sotish bilan bog'liq bo‘lgan xarajatlar tarkibiga kiradi: mahsulotni o‘rash, saqlash, ortish, joyiga tashish (agar bu xarajatlar xaridorlar tomonidan mahsulot narxidan tashqari alohida to'lanmasa) me’yor chegarasida reklama xarajatlari, jumladan ko‘rgazmada, yarmarkada qatnashish bevosita xaridorga yoki vositachi tashklotlarga shartnomalar, bitimlar va shunga o‘xshash boshqa hujjatlarga muvofiq tekinga beriladigan, qaytarilmaydigan mahsulot namunalarining qiymati va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar hamda bozordagi talab va taklifni, bozorga tovarlar chiqarishni, kuzatish xarajatlari me’yor chegarasida va boshqa yondan ortiq yuqorida sanab o’tilmagan xarajatlar.
Mahsulot sotish bilan bog'liq xarajatlami hisobga olish va hisobdan chiqarishni sintetik schyotlarda quyidagicha aks ettirish mumkin:

D

0230

К

D 9410 К




|










D

5010

К




4




Г-

«






D

5110

к










Г-

4






D

6010

к










1

4






D

6710

к










|

4






D

4410

К









D_ 9900 К
—►

  1. MAHSULOT SOTISHM HISOBGA OLISH

Korxona mablag'ining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugatiladi. Korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan bin bu tovar mahsulotini'ng sotilishi ko'rsatkichidir. Hisobot oyida mahsulot sotish bilan bog'liq muomalalar bo'yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya hisobining muhim vazifasi hisoblanadi.
Respublika Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi sessiyasida tasdiqlangan va 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalda qo'llash uchun tavsiya etilgan 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10- moddasiga va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Davlat Soliq Qo‘mitasining 1998-yil 4-yanvardagi «Korxona va tashkilotlami soliqqa tortish tarkibiga o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» xatiga binoan yuridik shaxslar daromadidan olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi.
Bunga ko‘ra korxona va muassasalar jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatdan pul kelib tushishidan qat’i nazaf jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat budjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida o'sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim.
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob-kitob schyotiga kelib tushgan sanadan sotildi deb hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan olingan daromadlar 9010-schyotda, tovarlami sotishdan olingan daromadlar 9020- schyotda, bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar 9030-schyotda hisobga olinadi.
Agar mahsulot (ish, xizmatlar) topshirish (jo'natish) sotish amalga oshirilgan bo'lsa, unda 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»dan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning qoldig'i buyurtmachiga topshirilgan lekin puli to‘lanmagan mahsulot, ish va xizmatlaming jo‘natish qiymati, kredit bo'yicha oborot hamda hisobot oyida xaridorlar tomonidan to'langan summani bildiradi.
11-jumal ordeming analitik ma’lumotlari bo‘yicha foyda summasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
D 9020 К D 9110 К
< ►

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin