O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə90/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Buyuk Britaniya
iqtisodiyotida
sug‘urtaning tutgan
o‘rni va ahamiyati


1 7 5
larda olib borgan sug‘urta operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Buyuk


Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valuta
tushumlarining 50 foizi sug‘urta mukofotlari hisobiga to‘g‘ri
kelganligini ko‘ramiz. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari
jahonning 43 ta mamlakatida sug‘urta operatsiyalarini muvaffa-
qiyatli amalga oshirmoqda.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishining faol rivojlanishiga quyidagi
omillar ta’sir qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan,
bu yerda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun hukumat yoki
qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan.
Bu holat, so‘zsiz, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy
sug‘urta kompaniyalari uchun ham tatbiq etiladi. Hozirgi paytda,
Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150
ga yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshir-
moqda. Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bi-
timlarining anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar
tuzilgan bitimlarning ijrosi bo‘yicha e’tirozlar kelib chiqadigan
bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari darhol bunga sug‘urta qoplamasini
to‘lashadi. Bu, o‘z navbatida, biznesning xalqaro darajada
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
O‘nlab yillar davomida Buyuk Britaniyada hamma uchun qulay
bo‘lgan soliqqa tortish tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish
tizimi yirik miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishni va
ularni investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet
mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta
bozorlarida ishtirok etmoqda. Xorijiy mamlakat sug‘urta
kompaniyalarining Buyuk Britaniya bozorlariga intilishi, Lon-
donda xalqaro ahamiyatga molik sug‘urta operatsiyalarini amalga
oshirish va transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish kabi
qiziqishlari bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etganimizdek, sug‘urta
kompaniyalari yig‘gan sug‘urta mukofotlarining katta qismi,
ularning chet mamlakatlarda olib borgan operatsiyalari hisobidan
shakllanadi. Masalan, «Royyal Inshurans» kompaniyasi sug‘urta
mukofotlarining 68,4 foizi tashqi manbalardan kelib tushgan.
Shuningdek, «Kommershial Yunion» va «Jeneral eksident»
kompaniyalarining 60 foizga yaqin sug‘urta mukofotlari xorijiy
mamlakatlardan kelib tushgan. Bu mablag‘larning asosiy qismi
AQSH va Kanadadan kelib tushadi.


1 7 6
Sug‘urta kompaniyalari vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘-


larni, asosan, sanoat, transport, savdo va boshqa aksiyador
kompaniyalarning rivojlanishiga yo‘naltiradilar, 1995-yil
ma’lumotlariga qaraganda Buyuk Britaniya sug‘urta kompani-
yalari London Fond birjasida ro‘yxatga tushgan jami
aksiyadorlik kompaniyalarining 22 foiz aksiyalarini sotib olgan.
Sug‘urtalovchilarning o‘z mablag‘larini bu investitsiya obyektiga
katta miqdorda sarf etishini shu bilan tushuntirish mumkinki,
aksiyalar yuqori darajada foyda keltiradilar hamda sug‘urta
kompaniyasi aksiyadorlik kompaniyasining yirik miqdordagi
aksiyasini sotib olib, ushbu kompaniya ustidan nazorat
o‘rnatishi mumkin. Ammo, shu bilan bir qatorda, aksiyaning
kursi pasayib ketishi bilan, sug‘urta kompaniyalari katta zarar
ko‘rishi mumkin.
Keyingi yillarda Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilari kattagina
hajmdagi o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni moliyalashtirishga yubormoqda. Hozirgi paytda
ko‘chmas mulkka investitsiya jami investitsiyalarning 15 foizini
(uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha) tashkil etmoqda.
Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning ijobiy xususiyatlardan
biri shundan iboratki, ko‘chmas mulk pulning qadrsizlanish
jarayonidan ishonchli himoyalangan. Ammo, bu investitsiya
obyektining ham bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Masalan,
amaliyotda ko‘chmas mulklarni qisqa muddatda foydali narxda
sotish ancha mushkul.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining vaqtincha
bo‘sh mablag‘larini ipoteka kredit resursi sifatida ishlatishi yoxud
bankda depozit sifatida saqlashi mumkin. 2005-yilda sug‘urta
kompaniyalarini investitsiyaga sarflagan pul mablag‘lari 260 mlrd
funt sterlingni tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyalari
iqtisodiyotning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk
Britaniyada 830 ga yaqin sug‘urta
kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, su-
g‘urta kompaniyalari alohida sug‘urta
turlari va toifalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun,
savdo va sanoat departamentining maxsus litsenziyasini olishlari

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin