O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə89/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Bank risklarining maxsus turi sifatida depozit risklarining sug‘urtasi nima
maqsadda qo‘llaniladi?
2. O‘zbekistonda fuqarolarning bankdagi omonatlari sug‘urtasi qachon joriy
etilgan?
3. Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondi O‘zbekistonda
qachon tashkil etilgan?
4. Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondining pul
mablag‘lari nima hisobidan tashkil etiladi?
5. Tijorat banklari bankrot bo‘lgan taqdirda omonatchilarga to‘lanadigan
summa qanchaga teng?
6. Chet davlatlarda fuqarolarning bankdagi omonatlari necha foizgacha
sug‘urtalangan?
7. Tijorat banklari fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondiga
har chorakda necha foizdan badal o‘tkazib boradi?
8. AQSHda fuqarolarning bankdagi omonatlarini sug‘urtalash tizimi qanday
tashkil etilgan?
9. MDH mamlakatlari va O‘zbekistonda depozitlarni sug‘urtalash tizimining
farqli tomonlarini ko‘rsating.
10. Omonatlar sug‘urtasi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlaydi deb o‘ylaysizmi?


1 7 4
23-mavzu. Buyuk Britaniyaning sug‘urta tizimi


Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahami-
yati.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan aso-
siy sug‘urta turlari.
Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimining davlat tomonidan tartibga
solinishi.
«Lloyd» sug‘urta korporatsiyasi, uning tashkiliy tuzilishi va funk-
siyasi.
Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi.
Buyuk Britaniya jahonning eng
rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi.
Keyingi o‘n yil mobaynida jahon iqtiso-
diyoti rivojlanishiga Buyuk Britaniya
sanoatining qo‘shayotgan hissasi sezilarli darajada kamaygan,
uning tovarlarining xalqaro bozorlaridagi raqobatdoshligi tushib
ketgan bo‘lsa-da, Buyuk Britaniyaning moliya-kredit tizimi hamon
dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Buyuk Britaniya moliya institutlari, birinchi navbatda, sug‘urta
kompaniyalari sanoat korxonalarining yirik miqdordagi aksiyalariga
ega va bu holat sug‘urta va sanoat kapitalining birlashishiga olib
kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniya-
larining qariyb 30% aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga
to‘g‘ri keladi. Faqat bugina emas. Bugungi kunda, Buyuk Britaniya-
da aholi va korxonalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini iqtisodiyotga
jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega. Masalan,
1958—1962-yillarda sug‘urta kompaniyalar va nodavlat nafaqa fondlari
orqali 50 foizga yaqin shaxsiy omonatlar yig‘ib olingan bo‘lsa, 2005-
yillarda ham bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan. Shuning uchun ham,
Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalarini «moliyaviy vositachilar»
yoki «yirik institutsional investor» sifatida baholashadi.
Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik
sohasi hisoblanadi. 2004-yilda sug‘urta kompaniyalari tomonidan
yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari umumiy 288,6 mlrd dollardan oshib
ketdi. Bu yalpi ichki mahsulotning 12,5 foizini tashkil etadi. Shuni
alohida ta’kidlash zarurki, yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlari-
ning deyarli 45 foizi sug‘urta kompaniyalarining chet mamlakat-

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin