1 6 8
oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam
oylik ish haqi 9400 so‘m miqdorida belgilangan. Demak, fuqarolar
bankka eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida, ya’ni
940,0 ming so‘m omonat sifatida qo‘yishgan bo‘lsa, to‘liq oladi.
Omonat miqdori eng kam oylik ish haqining 100
baravaridan
250 baravarigacha bo‘lsa, 100 baravari to‘liq qoplangan holda,
undan oshgan qismining 250 baravarining 90 foizi qoplanadi.
9-jadval
Fuqarolarning bankdagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash shartlari
1
ming so‘mda
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning
bankdagi omonatlarini himoyalash fondi, asosan, bankka uncha
katta miqdorda bo‘lmagan pul mablag‘larini qo‘ygan
omonatchilarning manfaatlarini himoya etishga qaratilgan. Agar
fuqaro bankka 940,0 ming so‘m pul qo‘ysa, to‘liq oladi. Chunki,
qonunda eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdoridagi
omonatlar 100 foiz kafolatlanishi, undan oshgan qismining eng
kam oylik ish haqining 250 baravarigachasi 90 foiz miqdorida
qoplanishi ko‘rsatilgan. Demak, ma’lumotlarni
tahlil etish
natijasida xulosa qilish mumkinki, fond kam miqdorda omonatga
ega omonatchilarga pul mablag‘larini qaytarib berish
imkoniyatiga ega.
Bizning fikrimizcha, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini
tiklash
maqsadida, Fond tomonidan bankrot bo‘lgan tijorat
banklari omonatchilariga to‘lanadigan qoplama
miqdorlarini
kamida eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida
belgilashi lozim.
Bank depozitlarini sug‘urta qilish yoki kafolatlash, birinchidan,
bankka kichik miqdorda omonat mablag‘larini qo‘ygan shaxslarni
himoyalashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, bank tizimining
barqarorligini ta’minlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda ta’kidlash
joizki, keyingi yillarda ko‘pchilik davlatlarda banklarning bankrot
1
Jadval mualliflar tomonidan tuzilgan.
1 6 9
bo‘lishi omonatlarni bankdan yoppasiga olish evaziga emas, balki
tijorat banklari tomonidan xavfli operatsiyalarni amalga oshirish
tufayli yuz bermoqda. Bank depozitlarini sug‘urtalash tizimi ayni
chog‘da yirik moliyaviy vositachi
va davlat budjetini
moliyalashtirishning ishonchli vositasi sifatida ham ajralib turadi.
Ya’ni sug‘urta fondining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari pul
resurslariga ehtiyoj sezilgan sohalarga investitsiya qilinishi, masalan,
davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish orqali budjet
taqchilligini moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘p
holatlarda depozitlarni sug‘urtalash fondi mablag‘lari
majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi va bu, o‘z
navbatida, hukumatdan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini taqozo
etadi. Shuning uchun Davlat budjeti taqchilligi katta bo‘lgan
mamlakatlarda ushbu fondni tashkil etishda ehtiyotkorlik bilan
yondashish zarur. Ayrim xorijlik mutaxassislarning, xususan,
R.Xelferning fikriga ko‘ra: «depozitlarni sug‘urtalash, bir tomondan,
yetarli darajada bank nazorati bo‘lmagan, ikkinchidan, jiddiy bank
inqirozi bo‘lgan sharoitda ham o‘z majburiyatini bajarish imkoni-
yatiga ega bo‘lmasa, bu tizim bankrotlikka duchor bo‘ladi»
1
. Bank
depozitlarini sug‘urtalash tizimining joriy etilishi banklar va ular
omonatchilarining mas’uliyatini sezilarli kamaytirish ehtimoli
mavjud. Gap shundaki, banklar o‘z depozitlari sug‘urtalanganligini
e’tiborga olib, sun’iy operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Xalqaro tajribaning guvohlik berishicha, bank depozitlariga
to‘liq kafolat berish bank tizimi barqarorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Aynan, shu tufayli keyingi ikki yilda qator bank
inqirozlarining vujudga kelganligi ko‘pchilikka ma’lum.
Jahonda dastlabki depozitlarni sug‘urta qi-
lish 1934-yilda AQSHda amalga oshiril-
gan. 1933-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan
inqiroz ko‘plab
banklarning bankrot
bo‘lishiga olib keldi. AQSH hukumati banklarni bankrot bo‘lish
holatidan saqlash maqsadida 1934-yilda depozitlarni sug‘urtalash
bo‘yicha Federal korporatsiya tashkil etgan. Bu korporatsiya AQSH
Kongressi va Federal hukumatga bo‘ysungan holda uni besh
kishidan iborat bo‘lgan Direktorlar kengashi boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: