1 6 6
Omonatlarni sug‘urtaviy himoya qilish banklarga aholi
omonatlarini jalb etishda ko‘mak beradi va omonatlar hajmi keskin
ko‘payadi, degan fikr-mulohazalar mavjud edi. Ba’zi bank
rahbarlari, bizning bankimiz umuman bankrot bo‘lmaydi, shu bois
jismoniy shaxslarning bankdagi omonatlarini sug‘urtalashga hojat
yo‘q, deb hisoblashsa, ayrimlari bu sug‘urta tashkilotiga xayrixoh
bo‘ldilar. Jumladan, «Ipak yo‘li» banki, «Hamkorbank»lar bank
omonatlarini sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma tuzdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2002-yilning 5-aprelida
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari
to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. Ushbu Qonunni qabul qilishdan
asosiy maqsad, tijorat banklari bankrot bo‘lgan hollarda fuqarolar-
ning bankdagi omonatlarining qaytarilishini kafolatlashdan iborat.
Ma’lumki, muqaddam faqat davlat-tijorat «Xalq banki» omonat-
chilari uchun davlat kafolati mavjud edi. Boshqa tijorat banklari
bankrot bo‘lgan taqdirda, ularning omonatchilariga omonatni
qaytib berish bo‘yicha ishonchli kafolat mexanizmi yaratilmagan
edi.
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonunning ijro etilishini ta’minlash nuqtayi naza-
ridan, 2002-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Fuqarolarning
banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi o‘z faoliyatini yurita
boshladi. Bu fond o‘ziga xos sug‘urta fondi ekanligini unutmaslik
lozim. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat
bankidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi
litsenziyani chaqirib olgandan so‘ng, Fond bankrot bo‘lgan
bankning omonatchilariga mablag‘ to‘lash majburiyatini oladi.
Ushbu Qonunning 4-moddasida «Fondning
mol-mulki banklar-
ning majburiy badallari, mablag‘ qo‘yilishidan olingan daromadlar,
shuningdek, qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa tushumlar
hisobidan shakllantiriladi», deb ko‘rsatilgan
1
.
Fuqarolarning
bankdagi omonatlarini
kafolatlash Fondi tarkibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomoni-
dan aniqlanadigan Kuzatuv kengashi umu-
miy rahbarlik qiladi. Joriy faoliyatga esa Kuzatuv kengashi tomoni-
Dostları ilə paylaş: