Auditorning kasbiy
javobgarligi sug‘urtasi
bo‘yicha sug‘urta
tariflarini aniqlash va
sug‘urta da’volarining
ko‘rib chiqilishi
1 6 1
shartnomaga qo‘shimcha matnini olgan kundan boshlab sug‘urta
shartnomasiga kelishilgan muddat ichida qo‘shimchani imzolashi
yoki sug‘urta shartnomasini buzishni talab qilishi mumkin.
Agarda sug‘urtalanuvchi ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni
bajarmasa, sug‘urtachi sug‘urta shartnomasini bekor qilishni va
shartnomani bekor qilish orqali yetkazilgan zararni qoplashni talab
qilish huquqiga ega.
Sug‘urta shartnomasining amal qilish davri tugagandan keyin
va u bo‘yicha sug‘urta holati sodir etilmasa, sug‘urtalanuvchiga
shartnoma bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotining bir qismi
qaytariladi.
Sug‘urtalovchining javobgarligi uning hisob raqamiga sug‘urta
mukofoti kelib tushgan kundan boshlanadi, sug‘urta to‘lovini
to‘lash bo‘yicha sug‘urtachi javobgarligining kuchga kirishi,
odatda, sug‘urta polisi bilan tasdiqlanadi. Sug‘urta polisi
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofotini sug‘urtachining hisob
raqamiga sug‘urta shartnomasida kelishilgan muddat ichida kelib
tushgan kundan boshlab beriladi.
Sug‘urta holati sodir etilganda yoki uning boshlanishiga sabab
bo‘luvchi holatlarda, shuningdek, uchinchi shaxsdan e’tirozlar
kelib tushganda sug‘urtalanuvchi sug‘urta holati sabablari, uning
borishi va oqibatlarini aniqlash uchun kerakli choralarni, zararning
oldini olish yoki kamaytirish, zarar yetkazilgan shaxslar hayoti
va mulkini saqlashga oid barcha imkoni bor va maqsadga muvofiq
choralarni ko‘rishi, qisqa muddat ichida sug‘urta qiluvchiga ushbu
holatning sodir etilgani haqida xabar berishi va unga ushbu ishga
taalluqli barcha hujjatlarni yuborishi, sug‘urta qiluvchiga uning
oqibatlari, sudda ishni ko‘rish va ushbu ishga taalluqli boshqa
faktlar haqida ma’lumot berishi, agar sug‘urtalanuvchi sug‘urta
holati bo‘yicha sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchining manfaatlarini
sudda hamda suddan tashqari tartibda himoya qilish uchun o‘z
advokatini yoki boshqa vakolatli shaxsni tayinlash kerak deb
hisoblasa, unga bu borada imkoni boricha yordam berishi, zararni
to‘lamasligi, sug‘urta holati bo‘yicha sug‘urtalanuvchiga bildirilgan
talablarni qisman yoki to‘liq tan olmasligi, bunday talablarni bar-
taraf etish bo‘yicha sug‘urta qiluvchining roziligisiz hech qanday
majburiyatlarni qabul qilmasligi, sug‘urtalanuvchi imkoni boricha
sug‘urta qiluvchining zarar yetkazilgan mulkni ko‘zdan kechirish
va yetkazilgan zarar miqdorini belgilashda ishtirok etishini
11 — Sug‘urta ishi
1 6 2
ta’minlashi, sug‘urta holatida yetkazilgan zarar uchun javobgar
bo‘lgan uchinchi shaxsga nisbatan teskari talablarni ta’minlashga
oid barcha choralarni ko‘rishi, agar sug‘urtalanuvchida zararni
muntazam to‘lashni to‘xtatishi yoki uning miqdorini qisqartirish
imkoni paydo bo‘lganda, bu haqda sug‘urtachiga xabar berishi
va bunday to‘lovlarni to‘xtatish yoki ularning miqdorini
kamaytirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishi shart.
Sug‘urtachi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchining
sug‘urta holati sababli yuzaga kelgan mulkiy yo‘qotishlarining
o‘rnini to‘ldiradi. Agarda shartnomaga amal qilish davrida
ahamiyatga ega bo‘lgan sug‘urta holati sug‘urta qilish boshlangunga
qadar ahamiyatga ega bo‘lgan yoki ta’sir qilishni boshlagan
sabablarga ko‘ra sodir etilsa, zarar sug‘urtalanuvchiga shartnomani
tuzish paytida ushbu sug‘urta holatining boshlanishiga sabab bo‘lgan
sabablar haqida unga ma’lum bo‘lmaganda to‘lanishi lozim.
Agar sug‘urta to‘lovi sug‘urta summasi miqdorida to‘langan
bo‘lsa, sug‘urta polisiga amal qilish to‘lov to‘langan paytdan
boshlab bekor qilinadi. Sug‘urta puli miqdorida to‘liq to‘lanmagan
sug‘urta to‘lovi to‘lanadigan sug‘urta polisi o‘z kuchini unga amal
qilish muddati oxirigacha sug‘urta summasi va to‘langan summa
o‘rtasida farq miqdorida saqlab qolinadi.
Sug‘urta to‘lovi sug‘urtachi tomonidan sug‘urta shartnomasi-
da belgilangan muddat ichida sug‘urtalanuvchidan sodir etilgan
sug‘urta holati to‘g‘risidagi barcha kerakli hujjatlar olingandan
keyin to‘lanadi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urtalanuvchining isbotlangan
javobgarligi miqdorida sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta
pulidan ortiq bo‘lmagan holda to‘lanadi.
Sug‘urtachining hisob raqamidan sug‘urtalanuvchining hisob
raqamiga pul o‘tkazilgan kun sug‘urta to‘lovi to‘langan kun
hisoblanadi.
Sug‘urtachi agarda sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasi
shartlarini tegishli ravishda bajarmasa, sug‘urta to‘lovi miqdorini
kamaytirish huquqiga ega.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasiga amal qilish bekor
qilinganidan so‘ng sug‘urtachiga sug‘urta shartnomasiga amal
qilish davrida undan sug‘urta holati to‘g‘risida e’tiroz
bildirilgandagina sug‘urta to‘lovini olishi mumkin.
Sug‘urtachi agarda sug‘urtalanuvchi ataylab soxta ma’lumotlar
taqdim etgan va ular asosida sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lsa,
1 6 3
zarar sug‘urtalanuvchi aybi bilan yetkazilmagan bo‘lsa, bu zarar
sug‘urtalanuvchi yoki korxonaning bevosita g‘arazli niyati oqibatida
yetkazilgan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi tekshiruvlarni qonunda
belgilangan muddatdan tashqari muddatda amalga oshirgan bo‘lsa
(litsenziyani chaqirib olish, litsenziyaga amal qilish muddatining tu-
gashi), auditorlik tekshiruviga malaka shahodatnomalariga ega
bo‘lmagan va auditorlarning kasbiy reyestriga kiritilmagan shaxslar
jalb qilingan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi tomonidan imzolangan va
belgilangan tartibda muhr bilan tasdiqlangan auditorlik xulosasi
bo‘lmasa, sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga sug‘urta shartnomasida
ko‘zda tutilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishga rozi bo‘lmasa
yoki boshqacha yo‘l bilan to‘sqinlik qilsa, sug‘urtalanuvchi o‘z vaqtida
sug‘urtachiga sug‘urta holatining sodir etilgani to‘g‘risida xabar
bermagan bo‘lsa, sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish huquqiga ega.
Sug‘urta holati tufayli yetkazilgan zarar hajmi sug‘urtalanuvchi-
ga sug‘urta holati bo‘yicha yetkazilgan zarar hajmidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi. Zarar hajmi maxsus tayinlangan davlat organi yoki
sudning jarima yoki boshqa moddiy sanksiyalar qiymatidan yoxud
sud tomonidan qondirilgan da’vo talablaridan kelib chiqqan holda
qaror chiqarilganda, e’tirozlar uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar
qiymatidan kelib chiqqan holda ixtiyoriy qondirilganda aniqlanadi.
Qoplanayotgan zarar summasiga sug‘urta holatida zararning oldini
olish yoki kamaytirish uchun maqsadga muvofiq sarf-xarajatlar ham
kiritilishi mumkin, biroq to‘lovlarning umumiy qiymati sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulidan oshmasligi kerak.
Sug‘urta to‘lovini to‘lagan sug‘urtachiga to‘langan mablag‘
doirasida sug‘urta to‘lovini olgan sug‘urtalanuvchiga boshqa shaxs
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan ega bo‘lgan
talablarni talab qilish huquqi o‘tadi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga
o‘zidagi barcha hujjatlar va dalillarni berishi hamda ushbu huquqni
amalga oshirish uchun kerakli barcha rasmiy ishlarni bajarishi
kerak. Agar qayd etilgan shaxslar yetkazilgan zarar uchun javobgar
shaxsga nisbatan talab qilish huquqidan voz kechsa yoki ushbu
huquqni ularning aybi bilan (hujjatlarni taqdim etmaslik va hoka-
zolar) amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, sug‘urtachi sug‘urta
to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi. Agarda ushbu to‘lovlar
to‘langan bo‘lsa, qayd etilgan shaxslar sug‘urtachiga olingan
mablag‘larni uni olgan kundan boshlab qonunchilikda belgilan-
gan foizlar bilan qaytarishi shart.
1 6 4
Sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligi tomonidan belgilangan da’vo muddati ichida qonun
yoki sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini to‘lashdan
bosh tortish uchun asos bo‘lgan holatlar aniqlanganda, to‘langan
pulni qaytarishga majbur.
Agar sug‘urta holati sodir etilgan paytda sug‘urtachi tomonidan
sug‘urtalangan obyekt bo‘yicha sug‘urtalashning boshqa shartlariga
amal qilingan bo‘lsa, sug‘urta to‘lovi sug‘urta mablag‘lariga nisbatan
mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu mablag‘lar uchun auditor
javobgarligi har bir sug‘urta qiluvchi tomonidan sug‘urtalangan, har
bir sug‘urta qiluvchi esa o‘z ulushiga to‘g‘ri keladigan zararning bir
qismini to‘laydi, xolos.
Sug‘urtalanuvchi yoki uchinchi shaxsning sug‘urta holati sodir
etilishiga qaratilgan g‘arazli xatti-harakatlari, sug‘urtalanuvchi yoki
uchinchi shaxs tomonidan sug‘urta holati bilan bevosita sababli
aloqada bo‘lgan jinoyatning atayin sodir etilishi, sug‘urtalanuv-
chining sug‘urtachiga ataylab sug‘urta obyekti bo‘yicha soxta
ma’lumotlarni berishi, sug‘urtalanuvchi tomonidan zararni
yetkazishda aybdor bo‘lgan shaxsdan uning undirilishi, sug‘urta-
lanuvchi tomonidan sug‘urtachiga tuzilgan sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha risk darajasining oshganligi to‘g‘risida ma’lum qilinmas-
ligi va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa holatlar sug‘ur-
tachining sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh tortishiga asos hisob-
lanadi. Sug‘urta shartnomasi shartlarida sug‘urta to‘lovini to‘lash-
dan bosh tortish uchun qo‘shimcha asoslar ham ko‘zda tutilgan.
Sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh tortish haqidagi qaror sug‘urta-
chi tomonidan qabul qilinadi va sug‘urta hujjatini tuzish uchun
belgilangan muddatda yozma ravishda bosh tortish sabablari
ko‘rsatilgan holda ma’lum qilinadi. Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtachi
o‘rtasida yuzaga keladigan barcha bahslar muzokalar yo‘li bilan,
agar o‘zaro kelishuvga erishilmasa, sudda hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: |