1 5 2
bog‘liq bo‘ladi. Notarius ijro xatlarini amalga oshirish chog‘ida
sug‘urtachi oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashi mumkin.
Hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchi
tomonidan bir yo‘la yoki qisman naqd yoxud naqdsiz yo‘l orqali
shartnoma tuzilgan kundan boshlab kelishilgan muddat ichida
to‘lanishi mumkin. Sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan holatda
esa sug‘urta summasi sug‘urta mukofotining to‘langan qismiga
mutanosib ravishda kamayadi.
Notariusga e’tirozlar u bilan shartnoma munosabatidan bo‘lgan
mijoz va u bilan shartnoma munosabatida bo‘lmagan,
biroq
yetkazilgan zarar sababli e’tiroz bildirish huquqiga ega shaxslar
tomonidan bildirilishi mumkin.
Sug‘urta holati sodir bo‘lgan chog‘da sug‘urtalanuvchi sug‘urta
shartnomasida belgilangan muddatda bu haqda sug‘urtachiga
yozma ravishda xabar berishga majbur.
Sug‘urta holati sodir bo‘lgan chog‘da sug‘urtalanuvchi sug‘ur-
tachiga sug‘urta holati sodir bo‘lganini isbotlovchi barcha kerakli
hujjatlarni taqdim etadi. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga
sug‘urta holati bilan bog‘liq unga ma’lum bo‘lgan yoki paydo
bo‘lgan ma’lumotlar va vaziyatlarni xabar qilishi shart. Sug‘urtachi
taqdim etilgan hujjatlar haqiqiyligini tekshirish huquqiga ega.
Sug‘urta to‘lovi sug‘urtachi tomonidan sug‘urta shartnomasida
belgilangan muddat davomida sug‘urtalanuvchidan sodir bo‘lgan
sug‘urta holati haqida barcha kerakli hujjatlarni olganidan keyin
to‘lanadi. Sug‘urta to‘lovi miqdori sug‘urta polisida ko‘rsatilgan
sug‘urta summasidan oshmasligi kerak. Agar sug‘urtalanuvchi
sug‘urta shartnomasi shartlarini tegishli ravishda bajarmasa,
sug‘urtachi sug‘urta to‘lovi summasini kamaytirish huquqiga ega.
Sug‘urta to‘lovi miqdori zarar va e’tiroz bildiruvchi tomonidan
qilingan sarf-xarajatlar, shuningdek, notarius tomonidan sug‘ur-
tachining yozma ravishdagi roziligi bilan qilingan sarf-xarajatlar
miqdori summasi kabi aniqlanadi. Biroq sug‘urta shartnomasi su-
g‘urtachining har bir sug‘urta holati va jabr ko‘rgan kishi tomonidan
bildirilgan e’tiroz bo‘yicha javobgarligi limitini belgilashi mumkin.
Agar notariusga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sug‘urta
to‘lovini to‘lash haqida masalani hal qilish to‘xtatiladi.
Notariusning bir yo‘la bir qancha mijozlarining zararini qoplashda,
agar uning miqdori sug‘urtachi javobgarligining umumiy limitidan
oshsa (sug‘urta summasining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha miqdori),
1 5 3
sug‘urta to‘lovi har bir jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar summasiga
nisbatan sug‘urtachi javobgarligining umumiy limitiga mutanosib ra-
vishda to‘lanadi.
Shuningdek, sug‘urta shartnomasida notarius tomonidan qoplanishi
lozim bo‘lgan zarar miqdori — franshiza ko‘zda tutilishi mumkin.
Ushbu holatda kompaniya notarius tomonidan franshiza miqdorida
qoplanishi lozim bo‘lgan summadan oshadigan zararni qoplash
majburiyatini qabul qiladi.
Notarius harakatiga bildirilgan e’tirozlar, shikoyatlar, arizalarni
ko‘rib chiqish bilan bog‘liq sud yoki boshqa sarf-xarajatlar, agar ushbu
sarf-xarajatlar sug‘urtalanuvchi zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa,
sug‘urtachi tomonidan sug‘urtachi javobgarligi limiti doirasida
qoplanadi.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasiga amal qilish bekor
qilinganidan keyin sug‘urtachi undan sug‘urta shartnomasiga amal
qilish davrida sug‘urta holati to‘g‘risida e’tiroz (bildirish) olgan
bo‘lsagina, sug‘urta summasini olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari sug‘urtachining hisob raqamidan sug‘urtalanuvchi hisob
raqamiga o‘tkazilgan kun sug‘urta summasi to‘lash kuni hisoblanadi.
Sug‘urtachi quyidagi hollarda sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh
tortish huquqiga ega: agar sug‘urtalanuvchi soxta ma’lumotlar taqdim
etgan va ular asosida sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lsa; zarar
sug‘urtalanuvchi aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa; zarar sug‘urtachi yoki
uning mijozining bevosita g‘arazli niyati sababli yetkazilgan bo‘lsa;
sug‘urtalanuvchi notarial harakatlarni qonuniy muddatlardan tash-
qari amalga oshirgan bo‘lsa (litsenziyani chaqirib olish, litsenziya-
ning amal qilish muddati tugashi); sug‘urtalanuvchi sug‘urtachining
sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan harakatlarni amalga oshirishiga
rozi bo‘lmasa yoki boshqacha yo‘l bilan to‘sqinlik qilsa;
sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga sug‘urta holati sodir bo‘lgani to‘g‘risida
o‘z vaqtida xabar bermasa.
Agar sug‘urta to‘lovi to‘langanidan keyin ushbu to‘lov notarius
yoki boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan g‘arazli harakatlar
natijasida qalbaki yo‘llar bilan olinganligi aniqlansa, to‘langan
mablag‘ning hammasi uni to‘lagan sug‘urtachiga qaytariladi.
Sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida yuzaga keladigan barcha
tortishuvlar muzokaralar yo‘li bilan, o‘zaro kelishuvga erishilmasa,
sudda hal etiladi.