O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə73/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik
javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi hududiga 1 oygacha muddatga kirib kelayotgan bir
avtotransport vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif stavkalari
1
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi
fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi hududiga 1 oygacha muddatga kirib
kelayotgan bir avtotransport vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif
stavkalari yuqoridagi jadvalda o‘z aksini topgan.
Tojikiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi avtotrans-
porti uchun sug‘urta summalari miqdorlari:
— 1000 AQSH dollari mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash
uchun;
— 2000 AQSH dollari o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun.
Xorijiy transport vositasi haydovchisi tomonidan uchinchi
shaxsga yetkazilgan zararning sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishini
nazarda tutuvchi voqea yoki tasodif sug‘urta hodisasi hisoblanadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
— fuqarolarning sog‘lig‘iga, hayotiga zarar yetkazilishi;
— transport vositasining, shuningdek, mol-mulkning shikast-
lanishi, nobud bo‘lishi.
Zarar miqdoriga shikastlangan transport vositasini eng yaqin
joydagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasigacha yetkazish va uni
tuzatish xarajatlari ham kiritiladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tojikiston Respublikasi
va Qirg‘iziston Respublikasi avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi
shaxslar oldida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida» 2000-
yil 18-fevraldagi 59-son qarori (Mazkur qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 27.11.2002-y. 413-son qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan).


1 4 3
Sug‘urta qoplamasi, agar yo‘l-transport hodisasi yoki baxtsiz


voqea oqibatida:
— jabrlanuvchi mayib bo‘lsa yoki uning sog‘lig‘iga boshqa
shikast yetkazilsa;
— jabrlanuvchi vafot etsa;
— uchinchi shaxslarning mol-mulki nobud bo‘lsa, yo‘q qilin-
sa yoki shikastlansa, sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadi
1
.
Transport vositasining harakatlanishi natijasida yetkazilgan
zararlarga, shuningdek:
— transport vositasiga yo‘lovchilar chiqarish yoki tushirish
paytida;
— transport vositasi yo‘lda to‘xtab turgan yoki tuzatilayotgan
vaqtda kelib chiqqan zararlar ham kiritiladi.
Sug‘urtalovchi:
— aybdor shaxsning transport vositasida bo‘lgan yukka;
— yo‘l-transport hodisasi natijasida atrof-muhitga;
— yong‘in kelib chiqishi tufayli o‘rmonlarga, daraxtzorlarga
va bog‘larga yetkazilgan zarar uchun;
— naqd pul, qimmatli qog‘ozlar, har qanday turdagi hujjatlar,
shuningdek, filatelistik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar va
boyliklar yo‘qolganligi uchun javob bermaydi.
Agar jabrlanuvchi tomonidan qasddan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa,
sug‘urta tovoni to‘lanmaydi. Zarar miqdori sud orqali aniqlanadi.
Shaxsga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta summasi jabrlanuv-
chiga, unga boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lanadigan
summalardan qat’i nazar, to‘lanadi.
Jabrlanuvchining sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun tovon
miqdori davolash-profilaktika muassasasining tegishli hujjatida
ko‘rsatib o‘tilgan zarar darajasiga qarab yoki vafot etganlik
to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida belgilanadi.
Salomatlikka yetkazilgan zarar uchun tovon sug‘urta summa-
siga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 60 foizidan
(vafot etgan taqdirda) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilganligi yoki
nobud bo‘lganligi uchun sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasiga
mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 40 foizidan
1
Keltirilgan jumlalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy
avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining
qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida» 2000-yil 12-yanvar 11-sonli qaroridan olingan.


1 4 4
(mol-mulk to‘liq nobud bo‘lgan taqdirda) ko‘p bo‘lmagan


miqdorda to‘lanadi.
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun yoki jabrlanuvchilarning
sog‘lig‘iga ziyon yetkazganlik uchun sug‘urta to‘lovi har bir aniq,
sug‘urta hodisasi bo‘yicha bir vaqtda to‘lanadi.
Sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlar
olingandan so‘ng 72 soat mobaynida to‘laydi. Sug‘urta
qoplamasini to‘lash sug‘urtalovchining aybi bilan kechiktirilsa, u
har bir kechikkan kun uchun hisoblab chiqilgan sug‘urta tovoni
summasining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi.
Yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) ro‘y bergan taqdirda
sug‘urtalanuvchi:
— yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz bergan joyda
harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli choralar
ko‘rishga, voqea oqibatlarini yengillashtirish, shuningdek, mol-
mulkning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga;
— imkoni boricha zararning ko‘payishini bartaraf etishga;
— jabr ko‘rgan shaxslarga fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar
berishga;
— voqea ro‘y bergan joydagi sug‘urtalovchini darhol xabardor
qilishga yoki voqea ro‘y bergandan keyingi ish kunidan kechik-
tirmay sug‘urtalovchiga zarur axborot va tushuntirish xati taqdim
etishga majburdir.
Transport vositasi egasi, haydovchi yoki da’vo qiluvchi shaxs
sug‘urta tashkilotiga yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) ga
taalluqli mavjud dalillarni taqdim etishi hamda sug‘urtalovchining
yuz bergan voqea tafsilotlarini va yetkazilgan zarar miqdorining
aniqlanishini ta’minlashi, shuningdek, sug‘urtalovchi tomonidan
yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) aybdorlariga qarshi
da’volarni tekshirishda yordam ko‘rsatishi shart.
Yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) to‘g‘risida xabar
olingandan so‘ng sug‘urtalovchi zarar miqdorini, hodisaning
haqiqiy holatlarini aniqlash maqsadida harakat qiladi hamda
sug‘urta dalolatnomasini va manfaatdor shaxslar ishtirokida
belgilangan namunadagi hisob-kitob smetasini tuzadi.
Sug‘urtalovchi transport vositasi egasini va da’vo qiluvchi
shaxsni to‘lanadigan zarar miqdorini aniqlash uchun qanday huj-
jatlar taqdim etish zarurligi haqida xabardor qiladi.


1 4 5
Jabrlanuvchi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra vakolatli shaxs


transport vositasi tomonidan yetkazilgan zarar to‘g‘risida sug‘urta-
lovchini xabardor qiladi.
Agar zarar noma’lum transport vositasi tomonidan yetkazilgan
bo‘lsa, u holda jabrlanuvchi militsiyaga yoki DAN ga, sug‘urta-
lovchiga darhol xabar berishi va zarar noma’lum transport vositasi
tomonidan yetkazilganligi to‘g‘risida tergov organlarining
xulosasini olishi shart.
Jabrlanuvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda
sug‘urtalovchi voqeaning muhim holatlari aniqlanmay qolganligi
uchun tovon to‘lashga majbur emas.
Quyidagi haydovchi:
— uchinchi shaxsga zarar yetkazilishini qasddan yuzaga kel-
tirgan;
— transport vositasini alkogolli ichimlik ichish yoki giyohvand
modda iste’mol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu
bilan sug‘urta voqeasini yuzaga keltirgan;
— transport vositasini boshqarishga ruxsatnomasi bo‘lmagan;
— transport vositasidan uning egasining ra’yiga qarshi foydalangan
va ushbu transport vositasi bilan zarar yetkazgan haydovchi to‘langan
sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchiga qaytarishga majburdir.
Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga zarar yetkazilganligi
to‘g‘risida xabar bermasa yoki o‘z vaqtida xabar bermasa, u holda
sug‘urtalovchi bunday xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabar
bermaslik oqibatida kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlar va sud
chiqimlarini qoplash yuzasidan sug‘urtalangan shaxsga nisbatan
da’vo qo‘zg‘ashi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin