1 3 8
Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni undirish
uchun sug‘urta summalarining cheklangan miqdorlari:
— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun (har bir zarar
yetkazilishi holati bo‘yicha) — O‘zbekiston Respublikasida
belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;
— o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun (har bir jabrlan-
gan bo‘yicha) eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida.
2005-yilning 1-oktabridan boshlab, O‘zbekiston Respublika-
sida o‘rnatilgan eng kam ish haqi miqdori 9400 so‘m miqdorida
belgilangan. Demak, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga sug‘urtalanuvchi tomonidan
zarar yetkazilganda
sug‘urtalovchi 188000 so‘mgacha sug‘urta qoplamasi to‘lab beradi.
Ayni paytda fuqaroning o‘limiga olib kelgan zararni qoplash uchun
282000 so‘m miqdorida sug‘urta qoplamasi beriladi. Hozirgi
paytda «Avtofuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi»
bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu qonun loyihasida
ko‘rsatilgan javobgarlik hajmini yanada oshirish maqsadga mu-
vofiqdir.
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasida davlat
ro‘yxatidan o‘tgan avtotransport vositalari haydovchilarining
ancha qismi javobgarlikni sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaga ega
emas. Buni shu bilan izohlash
mumkinki, ko‘pgina avtotransport
haydovchilarimiz sug‘urtani ikkinchi darajali keraksiz bir vosita
sifatida tushunishadi. Hatto yo‘l avtotransport hodisalari ro‘y
berganda sug‘urta tashkilotlariga
murojaat qilishni ham
unutishadi.
Vaziyatning bunday salbiy holatda ekanligini shu bilan
tushuntirish mumkinki, hanuzgacha bizda «Avtofuqarolik
javobgarligining majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida» Qonun qabul
qilinmagan. Biz ushbu qonunni qisqa muddatlarda qabul qilishni
taklif etamiz.
Avtotransport haydovchilarining fuqarolik javobgarligini
sug‘urtalash ixtiyoriy tartibda ham o‘tkaziladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida bu sug‘urta turini amalga oshirish bir tomondan,
transport haydovchisi uchun,
ikkinchi tomondan esa, yo‘l
transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan jabrlanuvchi uchun ham
katta ahamiyatga ega. Chunki transport haydovchisida
jabrlanuvchiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘
bo‘lmasligi mumkin. Agar u uchinchi shaxslarga zarar keltirish
1 3 9
javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lsa,
sug‘urta qoplamasa sug‘urta tashkiloti tomonidan qoplanadi.
6-jadval
Dostları ilə paylaş: