1 3 6
9. Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida to‘lanadi?
10. Yuridik shaxslar mol-mulki sug‘urtasini rivojlantirish muammolari haqida
so‘zlab bering.
19-mavzu. Avtotransport vositalari egalarining
uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik
javobgarligi sug‘urtasi
Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi
fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi va ahamiyati.
Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi
fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning asosiy shartlari va
sug‘urta tarifi.
Xorijiy avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar
oldidagi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi.
Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va
jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar
manfaatiga zarar
yetkazish xavfi
kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natija-
sida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan
zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini
sug‘urta qilish mamlakatimizda o‘z rivo-
jini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug‘urta qilishning keng
tarqalgan turlaridan biri — transport vositalari egalarining uchinchi
shaxslarga zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashdir.
Ma’lumki, transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi
manbalardan biri hisoblanadi.
Transport haydovchisi transport
vositasini boshqarish
jarayonida uchinchi shaxslarning muayyan manfaatlariga,
sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan shaxslar, ko‘p
holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G‘ayri qonuniy
harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti
yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar aybdor shaxs tomonidan to‘liq
hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to‘lash maj-
buriyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Zarar yetkazgan shaxs agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganligini
isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: