1 2 9
18-mavzu. Yuridik shaxslar mol-mulkini
sug‘urta qilish
Umumiy sug‘urta tarmog‘ining mol-mulklarni sug‘urtalashga oid
klasslari.
Yuridik shaxslar mol-mulki sug‘urtasida ishtirok etayotgan tomon-
larning huquq va majburiyatlari.
Sug‘urta hodisasi yuz berganda tomonlar o‘rtasidagi munosabat-
larni tartibga solish.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘ur-
talash sug‘urta tashkilotlari tomonidan
«Sug‘urta faoliyati klassifikatori»ga
muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining
8-klassi — «Mol-mulkni olovdan va
tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish»da qayd etilgan shartlarda, ya’ni
yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning
cho‘kishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila,
yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki
shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi
sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur
klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni sug‘urta qilishga oid
bo‘lib, u «Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish» deb ataladi. 9-
klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor
yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va
boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki
shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi
sug‘urtaning turlari jamidan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuridik shaxslarning mol-
mulkini sug‘urta qilish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan 8 va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha
sug‘urta tashkilotlari haqlidir.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish sug‘urtalov-
chilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi — tomonlarning aniq yuridik va
moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi hujjatdir. Shartno-
mada franshiza qo‘llanilishi mumkin. Franshiza — yuridik shaxslar
ko‘rgan zararning muayyan qismi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz
berganda sug‘urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar
Dostları ilə paylaş: