1 1 8
kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug‘urtalash orqali chet
elga valuta chiqib ketishining oldini oladi;
2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi
bo‘yicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va, o‘z navbati-
da, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi
qayta sug‘urtalash shartnomasi. Fakultativ-obligator shartnomasi
— sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday
sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi
shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda
amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga nisbatan nisbiy
qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan. Shu nuqtayi
nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni, ba’zan, an’anaviy
qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul qilingan.
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta
sug‘urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta
kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu
nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta
kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta
qilishning prinsipi «qayta sug‘urtalovchi sedentning riskini bo‘ladi»
degan fikrdan iborat.
Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning quyidagi
shakllari mavjud:
— kvotali qayta sug‘urta qilish;
— ekssedent qayta sug‘urta qilish;
— kvotali-ekssedent qayta sug‘urta qilish.
Nonisbiy qayta sug‘urta qilishda qayta sug‘urtalovchining
sug‘urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi
qo‘llanilmaydi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishda tomonlarning
manfaati bir-biriga mos keladi.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga xos bo‘lgan belgilardan
biri qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini qaytarib
olish xarakteriga ega ekanligidir. Qayta sug‘urta qilish
munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida,
xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug‘urta qilish
shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular
quyidagilardir:
— fakultativ qayta sug‘urta qilish;
— obligatorli qayta sug‘urta qilish;
1 1 9
— fakultativ-obligatorli qayta sug‘urta qilish.
Yuqorida qayd qilingan qayta sug‘urta qilish shartnomalari-
dan eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgani
— bu fakultativ qayta sug‘urta qilish shartnomasidir. Mazkur
shartnomaning ijobiy tomoni shundaki, bunda riskni qayta
sug‘urtaga beruvchi — sug‘urta kompaniyasi ham, qayta
sug‘urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o‘ziga
olib qolish yoki qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal
qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta sug‘urta qilish shartnomalari
bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning
tegishli qismini qayta sug‘urta kompaniyasiga berishi shart.
Dostları ilə paylaş: