1 1 2
mumkin. Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar, ular
sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng
kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug‘urta
to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qonun
bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum
bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash
majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida
talab qilishga haqli. Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash
majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan
bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini
qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shart-
larda buzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti
tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos
bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston
Respublikasida majburiy
sug‘urtaning quyidagi turlari mavjud:
— transport
vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish;
— yo‘lovchilarni majburiy sug‘urta qilish;
— Davlat majburiy sug‘urtasi.
Shu yerda ta’kidlash lozimki, yuqorida ko‘rsatilgan majburiy
sug‘urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda
sug‘urtalanuvchilar guruhi, sug‘urta qilish shartlari, sug‘urta tarifi
stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari ko‘rsatilgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasida transport
vositalari va boshqa
o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlar
egalari fuqarolik
javobgarligining davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida» 1994-yil
30-dekabrdagi 632-sonli qaroriga ko‘ra, 1995-yil 1-yanvardan
boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat
majburiy sug‘urtasi joriy etilgan. Ushbu qaror bilan belgilab
qo‘yilganki, O‘zbekiston Respublikasi
hududida faoliyat
ko‘rsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport
vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy
sug‘urtasiga jalb qilinadilar.
Dostları ilə paylaş: