O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə59/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qaysi moddasi majburiy
sug‘urtaga bag‘ishlangan?
2. Majburiy sug‘urta deganda qaysi sug‘urta turini tushunasiz?
3. Qonunda ba’zi mulkiy va shaxsiy manfaatlarni sug‘urta qilishga majbur
etish mumkinmi?
4. Majburiy sug‘urtaning qanday turlarini bilasiz?
5. Ixtiyoriy sug‘urta qanday tamoyillarga asoslanadi?
6. Mol-mulkning ixtiyoriy sug‘urtasi qanday tartibda amalga oshiriladi?
7. Majburiy sug‘urtaning ixtiyoriy sug‘urtadan farq qiluvchi jihatlari nimada
deb o‘ylaysiz?
8. Majburiy va majburiy davlat sug‘urtasining bir-biridan farq qiluvchi
tomonlarini ayting.
9. Hozirgi paytda majburiy davlat sug‘urta turlarini amalga oshirish huquqiga
qaysi sug‘urta tashkiloti haqli?
10. O‘zbekistonda majburiy va ixtiyoriy sug‘urta o‘rtasidagi nisbat qanday
bo‘lishi zarur?
16-mavzu. Qayta sug‘urta
Qayta sug‘urtalash haqida tushuncha.
Qayta sug‘urtaning turlari va shakllari.
Qayta sug‘urtalash — sug‘urtalashga
riskni qabul qilish bilan bog‘liq iqtisodiy
munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi
joylashtirish). Sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini
yaratish va sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini
o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni
ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug‘urtalash operatsiyalari bilan
Qayta sug‘urtalash
haqida tushuncha


1 1 6
bir qatorda, asosan, ixtisoslashgan qayta sug‘urtalash kompani-


yalari amalga oshiradi. Qayta sug‘urtalash aktiv (riskni berish)
va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan
tashqari, qayta sug‘urtalash nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi.
Ayrim holatlarda qayta sug‘urtalash operatsiyalari qayta
sug‘urtalovchi broker — ikkita tomon, ya’ni sug‘urta kompani-
yasi va qayta sug‘urtalovchi kompaniyasi o‘rtasidagi vositachidir.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari, bir tomondan, sug‘urta
kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan,
sug‘urta kompaniyasi va ixtisoslashgan qayta sug‘urta qilish
kompaniyasi o‘rtasida tuzilishi mumkin. Bu yerda shartnoma o‘zi
nima? degan savol tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi 354-moddasida «ikki yoki bir necha shaxsning
fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish
yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi», — deb
ko‘rsatilgan. Dastlab, sug‘urta kompaniyasi o‘zining moliyaviy
qobiliyatini mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskning
bir qismini boshqa sug‘urta kompaniyasida yoki ixtisoslashgan
qayta sug‘urta qilish kompaniyasida sug‘urtalash to‘g‘risida qaror
qabul qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida
sug‘urtalovchi ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyasiga murojaat
qiladi. Agar qayta sug‘urtalovchi kompaniya riskni qayta sug‘urta
qilishga rozilik bildirsa, ular o‘rtasida qayta sug‘urtalash
shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma
shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va maj-
buriyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javob-
garlik, shartnomaning kuchga kirishi, amal qilish va bekor etili-
shi qoidalari mujassam bo‘lishi kerak. Shuningdek, shartnomada
qayta sug‘urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi
ko‘rsatilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun
hujjatlariga ko‘ra, qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki
sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalanuvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta kom-
paniyasi javobgar bo‘lib qolaveradi. Biroq asosiy sug‘urta shart-
nomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti
sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning
ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarining qayta
sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalovchiga o‘tadi.


1 1 7
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir qator o‘ziga xos


belgilarga egaki, bu ushbu shartnomalar savdo va boshqa turdagi
shartnomalardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham qayta
sug‘urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi sug‘urta tarmog‘iga
kiritish yoxud uni mustaqil sug‘urta sohasi sifatida qarash ancha
bahs-munozarani talab qiladi.
Agar sug‘urta hodisasi ro‘y bersa, bu haqda sug‘urta kompa-
niyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qilishi kerak,
o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi kompaniya shartnomada
ko‘zda tutilgan qoplamani to‘lashi shart. Qayta sug‘urta qilish
kompaniyasi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la-to‘kis
bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi.
Sedent atamasi riskni ikkilamchi
joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni
riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi
sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent
retrotsedent deb ataladi.
Bundan qayta sug‘urtalashda sessiya atamasi ham keng qo‘lla-
niladi. Sessiya — sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish
jarayonidir.
Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi
mumkin. Jahondagi eng yirik sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen
qayta sug‘urtalash jamiyati, Shveysariya qayta sug‘urtalash
jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyatlari kiradi.
Qayta sug‘urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish
mumkin. Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli
qayta sug‘urtalashdir. Fakultativ qayta sug‘urtalash — nisbiy qayta
sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda
har bir berilayotgan risk bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi.
Sedent har bir risk bo‘yicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur
emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida, qayta
sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul
qilmasligi mumkin.
Obligatorli qayta sug‘urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil
ma’noni bildiradi:
1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar
qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan
risklarining bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin