O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə61/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Qayta sug‘urta qilishning mohiyatini tushuntiring.
2. Qayta sug‘urtalash jarayonida qaysi subyektlar ishtirok etadi?
3. «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda qayta sug‘urtalash haqida nima
deyilgan?
4. Qayta sug‘urtalash shartnomasida nimalar ko‘rsatiladi?
5. Qayta sug‘urtalash jarayonida vositachilar ishtirok etishi mumkinmi?
6. Sedent tushunchasi nimani anglatadi?
7. Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishida qayta
sug‘urtaning rolini tushuntirib bering.
8. Hozirgi paytda O‘zbekistonda qayta sug‘urtaning holati qanday?
9. Retrotsessiya tushunchasining ma’nosini tushuntirib bering.
10. Fakultativ qayta sug‘urtalash bilan obligatorli qayta sug‘urtalashning
farqi nimada?
17-mavzu. Shaxsiy sug‘urtaning
mazmuni va turlari
Shaxsiy sug‘urtaning mohiyati va rivojlanish tarixi.
Shaxsiy sug‘urta turlari.
Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish.
Shaxsiy sug‘urta — baxtsiz hodisalar
yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi
oqibatida fuqarolarning hayoti va
sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi bilan
bog‘liq, ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan
sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga
Shaxsiy sug‘urtaning
mohiyati va rivojlanish
tarixi


1 2 0
kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning


muhim vositasi hisoblanadi. Shu ma’noda, shaxsiy sug‘urta
ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir.
Shaxsiy sug‘urtaning, xususan, uning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishning joriy etilishi
bir necha asrlik tarixga ega. 1541-yilda Yevropada mavjud bo‘lgan
dengiz huquqi qoidalariga ko‘ra, kema egalari shu kema
kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashlari shart bo‘lgan.
Shaxsiy sug‘urtaning ba’zi belgilari qadimgi rimliklarga ham
ma’lum bo‘lgan. O‘sha paytda Diana va Antoni muxlislarining
diniy jamiyati bo‘lgan. Unga a’zo bo‘lib kirgan shaxslar a’zolik
badalini to‘lashgan. Jamiyat a’zolaridan biri vafot etganda uni
ko‘mish bilan bog‘liq xarajatlar jamiyat hisobidan amalga
oshirilgan, hatto pul mablag‘larining muayyan qismi vafot etgan
shaxsning merosxo‘rlariga berilgan.
1699-yil Angliyada shaxsiy sug‘urta bilan shug‘ullanadigan
dastlabki sug‘urta tashkiloti barpo etilgan va u, avvalo, beva ayollar
hamda yetim bolalar sug‘urtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning
nomi «Ekvatebl» deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak
sinishi holatlaridan himoyalash bo‘yicha o‘zaro yordam
uyushmalari tashkil etilgan. 1849-yili Angliyada temir yo‘llarda
baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki «Railway
Death Rassengers Company» nomli sug‘urta kompaniyasi tuzildi.
Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday
yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy sug‘urta — bu inson hayotiga, uning mehnat qobili-
yati va salomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan
himoyalanishning muhim shakli.
Hozirgi paytda shaxsiy sug‘urta sug‘urta faoliyatining yirik
tarmog‘i sifatida jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi. Rivojlangan
xorijiy davlatlarda shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan
sug‘urta mukofotlari boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan
sug‘urta mukofotlariga nisbatan yuqori salmoqqa ega. Masalan,
AQSHda jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmida shaxsiy
sug‘urtaning hissasi 50,0 foizdan yuqoridir.
O‘tgan asrning boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududida
Rossiya sug‘urta tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat
ko‘rsatgan va ular aholiga shaxsiy sug‘urta xizmatlarini
ko‘rsatishgan.


1 2 1
1917-yildan 1990-yilgacha mamlakatimizda shaxsiy sug‘urta-


lash ishlari davlat sug‘urta organlari (Gosstrax) tomonidan amalga
oshirilgan. Ana shu davrda sug‘urta shartlari, qoidalari va tariflari
markazda — Moskvada ishlab chiqilar va aksariyat hollarda
mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olinmas edi.
1991-yilda O‘zbekistonning o‘z siyosiy va iqtisodiy mustaqil-
ligini qo‘lga kiritishi hayotimizning barcha jabhalari qatorida
sug‘urta sohasini ham bozor munosabatlari tamoyillariga mos
ravishda rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. To‘g‘ri, mustaqillikning
dastlabki yillarida iqtisodiyotda ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar
qisqa muddat bo‘lsa-da, pulning qadrsizlanishiga, pirovardida,
aholi turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi. Shubhasiz,
bu holat shaxsiy sug‘urtaning aholi o‘rtasidagi ommaviyligiga putur
yetkazdi. Natijada, bu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta shartno-
malari soni va sug‘urta mukofotlari miqdori kamaydi. Masalan,
1993-yilda shaxsiy sug‘urtaning alohida turi bo‘lgan hayot
sug‘urtasi bo‘yicha jami 1770356 dona shartnoma tuzilgan holda
bu ko‘rsatkich 1994-yilda 406864 donaga kamaygan.
Bunday salbiy vaziyatning oldini olish va aholining shaxsiy
sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini tiklash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Aholining omonotlardagi va davlat
sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida»
1995-yilning 20-dekabrida PF 1327-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga muvofiq, 1996-yildan boshlab aholining
1992-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra va 1996-yil 1-
yanvargacha amalda bo‘lgan Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi
muassasalarida turgan hayotni, bolalarni sug‘urta qilish, nikoh
kunida beriladigan uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari
to‘lovlarini bosqichma-bosqich indeksatsiya qilish maqsadga
muvofiq deb topildi. Davlat sug‘urta muassasalari tomonidan
1996-yilning 1-yanvaridan 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda
fuqarolarning 400,0 mingdan ziyod shartnomalari indeksatsiya
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani amalga
oshirishning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining 921-
moddasida aks ettirilgan. Unga ko‘ra, shaxsiy sug‘urta shartno-
masi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta
qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta
mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud


1 2 2
shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs) ning


hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan
yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea
(sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan
pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish
majburiyatini oladi. Shuningdek, kodeksda shaxsiy sug‘urta shart-
nomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs
sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi, deb ko‘rsatilgan.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan
sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi
lozim:
— sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;
— sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib,
sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning
xususiyati to‘g‘risida;
— sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
— sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati
(muddatlari) to‘g‘risida;
— shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar
ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta
qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan
fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga
nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa,
shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining
tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
Sug‘urtalanuvchining hayoti, sog‘lig‘i,
mehnat qobiliyati bilan bog‘liq mulkiy
manfaatlari shaxsiy sug‘urtaning obyekti
hisoblanadi. Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar hamda
sug‘urtalangan shaxslar shaxsiy sug‘urta subyektlaridir.
Shaxsiy sug‘urta, odatda, fuqarolarning quyidagi xavf-
xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi:
— sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urtalangan shaxsning vafot
etishi;
— mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotishi;
— nafaqa yoshiga yetishi bilan fuqaroning faol mehnat
faoliyatining tugashi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin