O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə62/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Shaxsiy sug‘urta
turlari


1 2 3
Yuqorida qayd etilgan hamma holatlarda sug‘urta hodisasi-


ning ro‘y berishi sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urtalangan
shaxsning daromadi kamayishiga sabab bo‘ladi.
Ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda shaxsiy sug‘urta turlicha
tasniflanadi. Mutaxassislar o‘rtasida keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra,
shaxsiy sug‘urta 2 ta kichik tarmoqqa bo‘linadi:
— hayot sug‘urtasi;
— sog‘liqni sug‘urtalash.
Sog‘liqni sug‘urtalash, o‘z navbatida, 2 ta guruhga bo‘linadi:
— baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
— tibbiy sug‘urta.
Shaxsiy sug‘urtaning hayot sug‘urtasi va sog‘liqni sug‘urtalashga
bo‘linishiga asosiy sabab sug‘urta summalarining jamg‘arilib
borishidir. Hayot sug‘urtasi uzoq muddatli bo‘lib, unda shartnoma
bo‘yicha belgilangan sug‘urta summasi har yili jamg‘arilib boradi.
Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta
summalari jamg‘arilmaydi, muddati 1 yildan oshmaydi.
2002-yilning 28-mayidan e’tiboran «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunning qabul qilinishi bilan sug‘urta 2 ta tarmoqqa bo‘lindi:
— hayot sug‘urtasi;
— umumiy sug‘urta.
Qonunga asosan sug‘urtalovchilarning faoliyati sug‘urtaning
qaysi tarmog‘iga ixtisoslashganligiga qarab alohida litsen-
ziyalanadigan bo‘ldi. Hayot sug‘urtasini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar umumiy
sug‘urta turlarini o‘tkazishga haqli emas yoki aksincha.
Shaxsiy sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga
oshiriladi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi:
— hayot sug‘urtasi;
— fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
— fuqarolar sog‘lig‘ini va ularni kasalliklardan sug‘urtalash;
— fuqaroning ma’lum yoshgacha yetishish sug‘urtasi;
— vafot etish holatidan uzoq muddatli sug‘urta;
— tibbiy sug‘urta;
— chet elga ketuvchilarni kasalliklardan sug‘urtalash;
— maktab o‘quvchilarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash.
Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urta turlariga
quyidagilar kiradi:


1 2 4
— yo‘lovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash;


— soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy
davlat sug‘urtasi;
— O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar
vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat Bojxona qo‘mitasi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan
majburiy davlat sug‘urtasi.
Majburiy davlat sug‘urtasini 2003-yil 1-yanvardan boshlab
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi
o‘tkazib kelmoqda. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tarifi
bir sug‘urtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20
foizi miqdorida belgilangan. 2005-yil 1-fevral holatiga bu summa
1306 so‘mni tashkil etadi (2004-yil 1-avgustdan eng kam ish haqi
6530,0 so‘m miqdorida belgilangan). Sug‘urta mukofotlari
sug‘urtalanuvchi uchun respublika budjeti mablag‘lari hisobidan
to‘lanadi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari, asosan, quyidagi sug‘urta turlarini amalga oshirishadi:
— baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
— ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va kasal bo‘lish holatidan sug‘urta;
— chet elga ketayotgan shaxslar sug‘urtasi;
— hayot sug‘urtasi.
Yuqorida qayd etilgan sug‘urta turlari ichida baxtsiz
hodisalardan sug‘urtalash keng tarqalgan bo‘lib, ular «O‘zbekin-
vest» EIMSK, «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» davlat-aksiyadorlik
sug‘urta kompaniyalari, «Madad» sug‘urta agentligi kabi bir qator
sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
2006-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizda 25 ta sug‘urta
tashkiloti faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning aksariyati baxtsiz
hodisalardan sug‘urtalash, 9 tasi ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va kasal
bo‘lish holatidan sug‘urtalash, 9 tasi chet elga chiquvchilar
sug‘urtasi va faqat 2 tasi hayot sug‘urtasi bo‘yicha tegishli
litsenziyalarga ega.
2003-yil yakunlari bo‘yicha shaxsiy sug‘urta bo‘yicha kelib
tushgan jami sug‘urta mukofotlari 1627,2 mln so‘mni tashkil etgan
va bu o‘tgan yil ko‘rsatkichlaridan 25,4 mln so‘mga ko‘pdir. 2003-
yilda shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha jami 380,1 mln so‘m
miqdorida sug‘urta qoplamalari to‘langan. Bu ko‘rsatkich 2002-
yilda 316,7 mln so‘mga teng bo‘lgan. 2003-yilda shaxsiy sug‘urta


1 2 5
turlari bo‘yicha jami 2592992 dona sug‘urta shartnomalari tuzilgan


bo‘lib, u 2002-yilga nisbatan 695103 donaga kamdir.
Shunisi diqqatga sazovorki, 2003-yilda O‘zbekiston bo‘yicha
to‘plangan jami sug‘urta mukofotlari 27062,6 mln so‘mni tashkil
etgan bo‘lib, ularning 1627,2 mln so‘mi yoki atigi 6,0 foizi shaxsiy
sug‘urta hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich shaxsiy sug‘urta
hali milliy sug‘urta bozorida o‘z o‘rnini to‘liq topmaganligini va
kelgusida uni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar borligini
ko‘rsatadi. Agar bu holatni kompaniyalar misolida ko‘radigan
bo‘lsak, vaziyat turlicha ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Masalan, «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasida 2003-yil
yakunlari bo‘yicha shaxsiy sug‘urta turlaridan 229,5 mln so‘m
sug‘urta mukofotlari kelib tushgan va u kompaniya bo‘yicha
yig‘ilgan jami sug‘urta mukofotlarining atigi 1,8 foizini tashkil
etgan. «Kafolat» sug‘urta kompaniyasida bu ko‘rsatkich 18,7 foizga
teng bo‘lgan.
Shaxsiy sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha tarif stavkalari
sug‘urta tashkiloti tomonidan bozordagi talab va taklif, mijozning
yoshini hisobga olgan holda aktuar hisob-kitoblar asosida ishlab
chiqiladi. Shaxsiy sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha tarif
stavkalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq hukumat tomonidan
belgilanadi.
Sug‘urta bozorida mijozlarni jalb etish bo‘yicha raqobat
bo‘lganligi tufayli ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif
stavkalari turlichadir. Masalan, «O‘zbekinvest» kompaniyasida
20—25 yoshlardagi shaxslarni 100,0 ming so‘mga sug‘urtalash
uchun tarif stavkasi ana shu sug‘urta summasiga nisbatan 1,125
foizni, yoshi 55—60 da bo‘lgan fuqarolar uchun esa tarif stavkasi
1,575 foizni tashkil etadi. «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta
kompaniyasida maktab o‘quvchilarini baxtsiz hodisalardan
ixtiyoriy sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkasi sug‘urta summasiga
nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilangan.
«Kafolat» sug‘urta kompaniyasida talabalarni baxtsiz
hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha tarif stavkasi sug‘urta
summasiga nisbatan 0,5 foizni tashkil etadi.
Shaxsiy sug‘urta turlari tarkibida
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy
sug‘urtalash alohida o‘ringa ega. Shu

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin