1 1 4
G‘ayriqonuniy manfaatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qimor, lotereyalar va garov o‘yinlarida ishtirok etishda
ko‘riladigan zararni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan
qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yil-
maydi.
Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki
shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo‘lgan shaxs (sug‘urta
qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga, uning mulkdori, mol-
mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqqa ega bo‘lgan shaxs,
ijarachi, pudratchi, saqlovchi, vositachi va boshqa shu kabilar
foydasiga sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan sug‘urta qildiruv-
chida va naf oluvchida manfaat bo‘lmagan paytda tuzilgan mol-
mulkning sug‘urta qilish shartnomasi haqiqiy emas.
Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sug‘urta qilish shartnoma-
si naf oluvchining ismi yoki nomi ko‘rsatilmasdan tuzilishi
mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sug‘urta qildiruvchiga
egasining nomi ko‘rsatilmagan polis beriladi. Bunday shartnoma
bo‘yicha huquqlarni amalga oshirishda bu polisni sug‘urtalovchiga
taqdim etish zarur.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalov-
chi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnoma-
da shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta
qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa
fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar
yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida
shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi)
yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta
pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini
oladi.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan
bo‘lsa, o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatil-
magan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalangan shaxs
foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko‘rsatilmagan
shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda,
sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan
olinadi.
1 1 5
Sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu
jumladan, sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta
qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat
sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi
mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma
sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan
taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas
deb topilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: