O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə55/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Sug‘urta tashkilotining daromadlari qaysi manbalar hisobidan tashkil
topadi?
2. Sug‘urta tashkiloti daromadlarini tashkil topishiga ko‘ra nechta guruhga
bo‘lish mumkin?
3. Sug‘urta faoliyatidan olingan daromadning investitsiya faoliyatidan olingan
daromaddan nima farqi bor?
4. Sug‘urta tashkilotining xarajatlari tarkibini tushuntirib bering.
5. Sug‘urta tashkilotining xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi?
6. Sug‘urta tashkilotining ish yuritish xarajatlari deganda nimani tushunasiz?
7. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natija qanday shakllanadi?
8. Sug‘urta xizmatini ko‘rsatishdan yalpi foyda qanday tartibda hisoblanadi?
9. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natijaning shakllanish tartibi boshqa
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan nimasi bilan farqlanadi?
10. Sug‘urta tashkilotlarining operatsiya xarajatlarini sanab bering.


1 1 1
15-mavzu. Majburiy sug‘urta turlari va ularning


o‘ziga xos xususiyatlari
Majburiy sug‘urta tushunchasi va uning joriy etilish shartlari.
Majburiy sug‘urtalashning asosiy tamoyillari.
Ixtiyoriy sug‘urta turlarini huquqiy tartibga solish.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 922-moddasida majburiy
sug‘urta haqida alohida ko‘rsatib o‘til-
gan. Xususan, unda shunday deyiladi:
«Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yi-
lishi mumkin:
— qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i
yoki mol-mulki ularning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
— boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar-
ning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining
fuqaroviy javobgarligi xavfi».
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda
ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy
sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga
o‘z hayoti yoki sog‘lig‘ini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan
yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda
yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik
shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Mol-mulkni sug‘urta qilish majburiyati qonundan kelib
chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan
shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik
shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug‘urta
ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy.
Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan
shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta
shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta
sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni
majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda
nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin