1 1 3
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning
manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va
mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi
mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat
budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari
yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan
amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa
va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar
mohiyatidan kelib
chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi
Ixtiyoriy sug‘urta ko‘proq
mol-mulk
sug‘urtasiga taalluqlidir.
Mulkiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq
bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada
shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda
tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga
(sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga
tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida
sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuv-
chining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq
zararni
shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash
(sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi.
Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar sug‘urtala-
nishi mumkin:
— muayyan mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam
chiqishi yoki shikastlanishi xavfi;
— fuqarolik javobgarligi xavfi — boshqa shaxslarning hayoti,
sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga
keladigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, qonunda nazarda
tutilgan hollarda esa, shartnomalar bo‘yicha javobgarlik xavfi;
— tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari o‘z
majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bog‘liq bo‘lmagan
vaziyatlarga ko‘ra bu faoliyat shart-sharoitlarining o‘zgarishi tufayli
tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi.
Dostları ilə paylaş: