1 4 1
— o‘lim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun — 2000
AQSH dollarida belgilangan.
Sug‘urta mukofotlari bojxona organlari tomonidan bevosita
bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valutada undiriladi,
mablag‘lar keyinchalik shartnoma asosida sug‘urta tashkilotlarining
hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng
xorijiy transport vositasi haydovchilariga sug‘urta polisi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan
xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar
(jismoniy va yuridik shaxslar)ning sog‘lig‘iga va mol-mulkiga
yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilish
obyekti hisoblanadi.
Bunday tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning «Tojikiston Respublikasi va Qirg‘iziston
Respublikasi
avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldida
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida»
2000-yil 18-fevraldagi 59-son qaroriga (mazkur qarorga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.2002-y.
413-son qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan) muvofiq, To-
jikiston va Qirg‘iziston Respublikalari uchun ham joriy etilgan
(8-jadvalga qarang).
7-jadval
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha bir oygacha
muddatga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiradigan bitta avtotransport
vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif stavkalari
1
(foizlarda)
Sug‘urta javobgarligi miqdoridan sug‘urta
tarif stavkalari (foizlarda)
t/r
Transport
turlari
1000 AQSH dollari
(Qozog‘iston)
3000 AQSH dollari
(Turkmaniston)
1. Yuk
avtomobillari
1,0
2,5
2.
Avtobuslar
0,8
2,0
3.
Yengil
avtomobillar
0,5
1,5
4.
Traktorlar,
kombaynlar va boshqa
o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar
0,4 1,0
5. Mototransport
0,2
0,7
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy avtotransport
vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining
qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida» 2000-yil 12-yanvar 11-sonli qarori.