1 4 7
shaxslar toifalarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish turlarini
birlashtiradi. Ko‘pincha shifokorlar, notariuslar, baholovchilar,
ekspertlar, qo‘riqchilar, advokatlar va boshqalarning kasbiy ja-
vobgarligi sug‘urta qilinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashda, boshqa sug‘urta turlari-
dan farqli o‘laroq, sug‘urta holatining boshlanishi tashqi omillarga
(tabiiy ofatlar va keskin o‘zgarishlar, uchinchi shaxs harakatlari
va hokazolar) emas, balki muayyan kasbiy faoliyatni amalga
oshiradigan shaxs malakasiga bog‘liq. Sug‘urtachi sug‘urta
shartnomasi tuzganidan so‘ng kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
shaxs ehtiyotkorlik bilan ish tutishi va kasbiy ko‘nikmalarni
namoyon etishi lozim.
Ko‘pchilik holatlarda sug‘urta holatining boshlanishi sudning
notariusning mijozga moddiy zarar yetkazganligi va uning miqdori
uchun mulkiy javobgarligini belgilovchi qarori qonuniy kuchga
kirgandan keyin tan olinadi. Bundan tashqari, sug‘urtachining
uchinchi shaxsga e’tirozlarni sudgacha hal etishda yetkazgan zarari
uchun javobgarligining belgilanishi ham faqat sug‘urtachi
tomonidan yetkazilgan zarar aniq isbotlanganda sug‘urta holati
sifatida tan olinishi mumkin. Bunda sug‘urta shartnomasida
sug‘urtachi javobgarligining paydo bo‘lishi asosli ekanligini tan
olish va zararni qoplash miqdorini aniqlash sug‘urtachi yoki va-
kolatli vakili ishtirokida amalga oshirilishi kelishib olinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashning har bir turi ma’lum bir
kasbning o‘ziga xos xususiyatlari bilan asoslangan o‘z xususiyat-
lariga ega. Har bir ma’lum kasbning o‘ziga xos xususiyatlari kasbiy
javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasini tuzishda hisobga olinadi.
Bu borada sug‘urtachining o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishga
vijdonan, mulohaza bilan va asosli yondashuvi kasbiy javobgarlikni
sug‘urtalashda umumiy prinsip sanaladi. Aks holda sug‘urtachi
sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z javobgarligidan ozod
etilishi mumkin.
Xorijiy amaliyotda kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashning ayrim
turlari majburiy asosda amalga oshiriladi, ya’ni yuridik yoki
jismoniy shaxslar (masalan, shifokorlar, rielterlar, baholovchilar,
notariuslar va boshqalar) kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash polisisiz
ma’lum bir kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas.
Bu borada sug‘urtalanuvchi — kasbiy faoliyatni amalga
oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs, sug‘urtachi — sug‘urta
1 4 8
faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va belgilangan
tartibda ro‘yxatga olingan hamda korxonaning kasbiy javobgarlikni
sug‘urtalash huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxs
sug‘urta huquqiy munosabat subyekti hisoblanadi. Ushbu sug‘urta
subyektlari sug‘urta majburiyatlarining asosiy tomonlari, ya’ni
sug‘urta shartnomasi tomonlaridir. Bundan tashqari, jabr ko‘rgan
shaxs (sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan) ham kasbiy
javobgarlikni sug‘urtalash subyektlari sirasiga kiradi. Odatda, jabr
ko‘rgan shaxs, agar sug‘urta shartnomasida boshqa narsa ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa, yetkazilgan zarar miqdorida sug‘urta to‘lovi
olishga haqqi bor.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasini tuzishda jabr
ko‘rganlar (foyda oluvchilar) sug‘urtalanuvchiga ham, sug‘urta-
chiga ham ma’lum qilinmaydi. Ushbu holatda sug‘urta shart-
nomasida bu shartnoma kimning foydasiga tuzilganligi
aytilmagan yoki u sug‘urta qiluvchi yoxud boshqa shaxs foyda-
siga tuzilgan bo‘lsa-da, sug‘urta to‘lovi olish huquqiga foyda
oluvchi faqatgina sug‘urta qiluvchi uning oldida javobgar
bo‘lgandagina ega bo‘ladi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasi shartlarida
sug‘urtachining sug‘urtalanuvchi yoki uning xodimi vakolatiga
nisbatan kafolatlari ko‘zda tutilmagan.
Sug‘urtachi uchinchi shaxsga sug‘urtalanuvchi tomonidan qonu-
niy va me’yoriy hujjatlar buzilishi, sug‘urtalanuvchining atayin
harakatlari natijasida zarar yetkazilsa, sug‘urtalanuvchi majburiyat-
lari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi. Sug‘urtalanuvchining
harakatlaridagi niyatni isbotlash sug‘urtachi zimmasiga yuklatiladi.
Sug‘urtalanuvchining niyati sudning qonuniy kuchga kirgan qarori
va hukmi bilan aniqlanadi. Agar sug‘urtalanuvchiga nisbatan jinoiy
ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti to‘g‘risidagi masala sud
qarori va hukmigacha to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Notariat
to‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasiga
binoan shaxsiy amaliyot bilan shug‘ul-
lanuvchi notarius o‘z faoliyati sug‘urta
qilish shartnomasini tuzishga majbur.
Notarius o‘z majburiyatlarini sug‘urta shartnomasini tuzmasdan
turib bajarish huquqiga ega emas.
Dostları ilə paylaş: