1 4 0
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Xorijiy
avtotransport
vositalarining O‘zbekiston Respublikasi
bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha
shartlari to‘g‘risida» 2000-yil 12-yanvar
11-sonli qaroriga binoan, Qozog‘iston
Respublikasi va
Turkmanistonning transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina
va mexanizmlarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga
kirib kelishiga tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilot-
larining haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik maj-
buriyati sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi polisi mavjud bo‘lgan
taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Davlat Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston
Respublikasining sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona
postlarida transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va
mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik
javobgarligi sug‘urtasini amalga oshiradi. Bu javobgarlik sug‘urta
turini joriy etishga asosiy sabab shuki, chegaradosh mamlakatlar
tomonidan bir tomonlama tusda quyidagi chora-tadbirlar joriy
qilingan: Qozog‘iston Respublikasida — tashuvchining yo‘lovchi
oldidagi fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport
vositalaridan sug‘urta yig‘imlari qo‘llanilayotganligi;
Turkmanistonda — Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan
avtotransport vositalari egalaridan O‘zbekiston Respublikasida qabul
qilingan yig‘imlarga teng bo‘lmagan yig‘imlar belgilangan.
Shuni e’tiborga olgan holda 2000-yilning 1-yanvaridan boshlab,
Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalaridan kirib keladigan
transport vositalari uchun avtofuqarolik javobgarligining majburiy
sug‘urtasi joriy etildi. Quyida ana shu chegaradosh mamlakatlar
hududidan kirib kelgan transport vositalari haydovchilardan
undiriladigan sug‘urta mukofotlari miqdori keltirilgan (7-jadval).
Sug‘urta summasi miqdori Qozog‘iston Respublikasi avtotran-
sporti uchun:
— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — 400 AQSH
dollari;
— o‘lim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun — 600
AQSH dollari.
Turkmaniston avtotransporti uchun:
— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — 1000
AQSH dollari;
Dostları ilə paylaş: