Auditorning kasbiy
javobgarligini
sug‘urtalash bo‘yicha
sug‘urta shartnomasi-
ning tuzilishi
1 5 8
Tomonlardan birining tuzilgan shartnomaning biron-bir
shartini bir tomonlama o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Amaldagi
qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Sug‘urta
shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartishlar yozma ravishda
tuziladigan qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
Sug‘urta shartnomasi unga amal qilish muddati tugaganidan
keyin bekor qilinadi, ya’ni: sug‘urtachi tomonidan shartnoma
bo‘yicha sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatlar to‘liq
bajarilganda; sug‘urtalanuvchi tomonidan shartnomada belgilangan
muddatda sug‘urta mukofotlar to‘lanmaganda; yuridik shaxs
hisoblangan sug‘urtachini tugatish yoki jismoniy shaxs hisoblangan
sug‘urtachi vafot etganda; sug‘urtachi qonunchilikda belgilangan
tartibda tugatilganda; sud tomonidan sug‘urta shartnomasining
kuchga ega emasligini tan olish haqidagi qaror qabul qilinsa; agar
sug‘urta holatining sodir etilish imkoniyati yo‘qolsa va sug‘urta
riski to‘xtatilsa hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holat-
larda.
Shu bilan birga sug‘urta shartnomasi tomonlar tashabbusi bilan
muddatidan oldin ham bekor qilinishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi
sug‘urta shartnomasini xohlagan paytida bekor qilish huquqiga
ega. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda sug‘urtachiga
to‘langan sug‘urta mukofoti, agar shartnomada boshqa narsa
ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qaytarilmaydi.
Sug‘urtachi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasini muddati-
dan oldin bekor qilishda u sug‘urtalanuvchiga sug‘urta
mukofotlarini to‘liq qaytaradi: agar sug‘urtachining talabi
sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalash qoidalari bajarilmagani
bilan bog‘liq bo‘lsa, u sug‘urtalanuvchiga shartnomaning tugagan
muddati uchun ketgan sarf-xarajatlardan tashqari sug‘urta
mukofotlarini qaytaradi.
Sug‘urta shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi-
da ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ham o‘zgartirilishi yoki bekor
qilinishi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi davomida sug‘urtachi quyidagi huquqlar-
ga ega: sug‘urtalanuvchi berayotgan ma’lumotni tekshirish;
shartnomada yoki amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan
holatlarda sug‘urta to‘lovini to‘lashdan bosh tortish; sug‘urtachiga
zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarni o‘z ichiga oluvchi e’tiroz
bildirilgan holatda sug‘urtalanuvchi nomidan muzokara olib
1 5 9
borish, sug‘urta holati ahvoli va sabablarini aniqlash uchun
choralar ko‘rish, sug‘urtalanuvchining roziligini kutmasdan zarar
miqdorini aniqlash; sug‘urta holati bo‘yicha sug‘urtalanuvchi
nomidan va topshirig‘i bilan sud hamda vakolatli organlarda ish
yuritish.
Sug‘urtachi sug‘urtalanuvchini sug‘urta qilish qoidalari bilan
tanishtirishi, belgilangan muddatda sug‘urta polisini berishi,
sug‘urta holati sodir etilganda sug‘urta to‘lovini belgilangan
muddatda to‘lashi, sug‘urtalanuvchi bilan munosabatning sirliligini
ta’minlash, sug‘urta shartnomasiga amal qilish davrida barcha
sug‘urta masalalari bo‘yicha bepul maslahat berishi shart.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urtachidan sug‘urtalanuvchi tomonidan
sug‘urta qoidalarida kelishilgan kerakli xatti-harakatlar
bajarilganidan so‘ng sug‘urta polisini olish, sug‘urta polisiga amal
qilish davrida barcha sug‘urta masalalari bo‘yicha bepul maslahat
olish, sug‘urta holati sodir etilganda sug‘urta summalarini olish,
sug‘urta shartlari va qoidalari bilan batafsil tanishish,
sug‘urtachidan uning tijorat siri hisoblangan moliyaviy barqarorligi
to‘g‘risida ma’lumot olish, agar sug‘urtachi sug‘urtalanuvchidan
polisga amal qilish muddati ichida e’tiroz olsa, polisga amal qilish
muddati tugaganidan keyin sug‘urta to‘lovini olish huquqiga ega.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin
sug‘urta qiluvchiga o‘ziga ma’lum bo‘lgan va sug‘urta riskini ba-
holashda ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlarni (masalan,
e’tirozlar statistikasi, sug‘urta holatlari, xodimlarning malakasini
oshirish va hokazo) ma’lum qilishi, auditorlik tekshiruvini
o‘tkazishning qoidalari va me’yorlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha unga bog‘liq bo‘lgan choralar ko‘rishi, kechiktirmasdan
sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda dam olish va bayram
kunlarini istisno qilgan holda, unga sug‘urta holati sodir etilgani
to‘g‘risida ma’lum bo‘lganini sug‘urtachiga yozma ravishda xa-
bar berishi, sug‘urtachiga sug‘urta holatining sabablari, oqibatlari,
yetkazilgan zarar xususiyatlari va miqdorini muhokama etish
imkonini beradigan barcha ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishi,
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta holati munosabati bilan qo‘yilgan
mulkiy xususiyatga ega talablarni sug‘urtachining yozma roziligisiz
tan olmasligi, sug‘urtachi bilan munosabatning sirliligini
ta’minlashi, qayta tuzish yoki tugatish holatlarida bu haqda
sug‘urtachiga tezlik bilan xabar berishi shart.
1 6 0
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
mukofoti miqdori sug‘urta summasi
miqdoridan kelib chiqqan holda sug‘urta-
chining tarif stavkasi bo‘yicha hisoblanadi.
Sug‘urta tariflari statistika ma’lumotlari,
sug‘urta bozori konyunkturasi, risk darajasi,
sug‘urtalanuvchi faoliyati turini sug‘urta qilish muddati, tanlangan
risk va risk darajasiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlar hisobga olin-
gan holda belgilanadi.
Sug‘urta mukofoti auditorlik xizmatlarni amalga oshirishga doir
rejalashtirilayotgan aylanma mablag‘ asosida belgilanadi. Sug‘urta
shartnomasining amal qilish muddati yoki shartnomada
belgilangan boshqa davrning tugashi bilan, odatda, sug‘urta puli
va sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urtalanuvchi faoliyatining
natijalari hisobga olingan holda qayta hisoblanadi.
Sug‘urta mukofotini to‘lash tartibi tomonlar kelishuvi bo‘yicha
belgilanadi: bir yo‘la yoki qisman sug‘urtachining hisob raqamiga
naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan. Sug‘urta mukofoti sug‘urta-
lanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida kelishilgan muddat
ichida shartnoma imzolangan kundan boshlab to‘lanadi. Sug‘urta
mukofoti to‘liq to‘lanmagan holatda sug‘urta puli sug‘urta
to‘lovining to‘langan qismiga mutanosib ravishda kamayadi.
Shartnoma bir yildan kam muddatga tuzilganda sug‘urta
mukofoti yillik sug‘urta mukofoti summasidan foiz hisobida
ajratiladi. Sug‘urta shartnomasiga to‘liq bir oy amal qilinmagan
holatda ham sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanadi. Shartnomani bir
yildan oshiq muddatga tuzishda sug‘urta to‘lovi imtiyozli tarif
stavkalari bo‘yicha hisoblanadi.
Sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan holatda sug‘urta polisi-
da sug‘urtalanuvchi tomonidan haqiqatan ham to‘langan sug‘urta
mukofoti va unga tegishli sug‘urta puli ko‘rsatiladi.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga yozma ravishda sug‘urta shart-
nomasiga amal qilish muddati ichida risk darajasidagi o‘zgarish-
lar haqida xabar qilishi shart. Agar risk darajasining oshishi
sug‘urta mukofoti miqdorini oshirish zaruratini yuzaga keltirsa,
sug‘urtachi sug‘urtalanuvchiga qo‘shimcha sug‘urta mukofoti
uchun hisob bilan birga sug‘urta shartnomasiga kiritilgan tegishli
qo‘shimchalarni ham jo‘natadi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha
sug‘urta mukofotini to‘lashi va mukofot uchun hisobni hamda
Dostları ilə paylaş: |