O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Rivojlanayotgan davlatlarda omonatlarni sug‘urtalash tizimi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə88/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Rivojlanayotgan davlatlarda omonatlarni sug‘urtalash tizimi
1
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ba’zi Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida, xususan, Chexiya, Vengriya, Polsha,
Ruminiya kabi davlatlarda depozitlarni sug‘urtalash fondlari,
asosan, 1991-yildan keyin, ya’ni sotsialistik tuzum tugatilgandan
keyin tashkil etilgan. Tahlil etilayotgan mamlakatlar tarkibida eng
ko‘p miqdorda sug‘urta qoplamalari Chexiyada to‘lanadi, ya’ni
bu yerda bank bankrot deb e’lon qilinganda depozitlarni sug‘urta
qilish fondidan to‘lanadigan pul mablag‘lari miqdori 11756,0
dollarni tashkil etadi.
MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib, jismoniy
shaxslarning bankdagi omonatlarini himoyalash bo‘yicha fond
Belorussda tashkil etilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, jismoniy
shaxslarning omonatlarini o‘z vaqtida aholiga qaytarishni
kafolatlash Beloruss Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z aksini
topgan. Kafolatlash fondi Beloruss Milliy bankida tashkil etilgan
1
www. Allinshrans.RU.


1 7 3
bo‘lib, bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda bitta


omonatchining 2000 dollargacha pul mablag‘i qaytarilishi
kafolatlanadi. Tijorat banklari har oyda kafolat fondiga omonat-
larning qoldig‘iga nisbatan 0,1 foiz miqdorida majburiy badal
to‘lab boradilar. Kafolat fondining pul mablag‘lari hajmi jami
omonat qoldiq summasining 5 foizi miqdorida belgilangan.
O‘zbekistonda fuqarolarning bankdagi omonatlarini kafolatlash
fondi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, banklar bankrot bo‘lganda
to‘lanadigan qoplama miqdori eng kam ish haqining 100
baravarigachani va undan oshgan summaning eng kam ish
haqining 250 baravarigacha 90 foizi qoplanishi qonun hujjatlarida
bayon etilgan. Eng kam ish haqining 100 baravari 940,0 ming
so‘mga teng bo‘lib, u 2006-yilning 17-yanvar holatiga birjadan
tashqari valuta kursi bo‘yicha 792,8 dollarni tashkil etadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin