1 6 7
dan tayinlangan Direktor rahbarlik qiladi. Fond moliyaviy yordam
ko‘rsatishi va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda yuridik
shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas. Biz quyidagi chizmada
Fond mablag‘larining shakllanish manbalarini ko‘rsatishga harakat
qilamiz.
Har bir tijorat banki Fond bilan shartnoma tuzishi va qonunda
belgilangan miqdorlardagi bir marotaba va muntazam to‘lab
boriladigan majburiy badallarni to‘lashi shart. Tijorat banklari
tomonidan bir marotaba to‘lanadigan majburiy badal miqdori ushbu
tijorat bankining amalda shakllangan ustav kapitalining 0,1 foizi
miqdorida belgilangan. Masalan, aksiyadorlik-tijorat «Paxtabank»
ning ustav kapitali 8,0 mlrd so‘m, demak, bu bank 8,0 mln so‘m
miqdorida bir marotabalik badalni Fondga o‘tkazishi kerak.
Kalendar badal — tijorat banklarining
chorak yakunlari
bo‘yicha fuqarolarning muddatli omonatlari qoldig‘iga nisbatan
ko‘pi bilan 0,5 foizni tashkil etadi. Kalendar badallarning to‘langan
summasi fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldig‘i umumiy
summasining 5 foiziga yetganda
banklar tomonidan kalendar
badalni to‘lash to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat
bankidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi
litsenziya chaqirib olingandan so‘ng, Fond ushbu bankda pul
mablag‘larini saqlagan omonatchilarga haq to‘lashni boshlaydi.
Bunda omonatchilarning quyidagi miqdorlardagi omonatlari
qaytarilib beriladi:
Agar fuqaro bankka eng kam oylik ish haqining 100 baravari
miqdoridagi pul mablag‘larini omonatga qo‘ygan bo‘lsa, bunday
holda Fond bu summani to‘liq qoplaydi. 2005-yilning 1-
12-chizma.
Fuqarolarning bankdagi omonatlarini kafolatlash fondi
Dostları ilə paylaş: