O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə110/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Risklarni tanlash — sug‘urta shartnomasini tuzish bo‘yicha
mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan
sug‘urta kompaniyasining faoliyati. Sug‘urta kompaniyasining
muvozanatlashgan sug‘urta portfelining shakllanishida risklarni
tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug‘urta
amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi.
Risklarni tanlash — bu risk menejment sohasida olib boriladigan
chora-tadbirlarning bir qismidir.
Riskni baholash — risk parametrlarini xarakterlovchi barcha
riskli holatlarni natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng
ahamiyatli belgisiga qarab, tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda



2 0 5
u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, shaxsiy sug‘urta


shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. Sug‘urta
shartnomasi tuzilgan paytdan, sug‘urtalanuvchining o‘limiga yoki
nogiron bo‘lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash
maqsadida mijoz qo‘shimcha ravishda dastlabki tibbiy
tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalarida riskni
baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U sug‘urta obyekti
bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil
natijalariga muvofiq sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtaviy-huquqiy
munosabatlarga kirishishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida
sug‘urta kompaniyasiga yozma xulosa beradi.
Sug‘urta mukofotlari zaxirasi hayotni va nafaqani uzoq
muddatli sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlarni oldindan to‘lash uchun
sug‘urta kompaniyasida tashkil etiladigan fond. Bu fond sug‘urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda
sug‘urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim o‘rin
tutadi. Hayot sug‘urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga
tuziladi. Sug‘urta mukofotlarining kelib tushish va sug‘urta summasini
to‘lash vaqtlari o‘zaro to‘g‘ri kelmaganligi uchun, sug‘urta kompa-
niyasiga kelib tushgan sug‘urta mukofoti ma’lum vaqt mobaynida
uning ixtiyorida bo‘sh holda bo‘ladi. Kelib tushgan sug‘urta
mukofotlarining bir qismi joriy to‘lovlar uchun sarflanadi, qolgan
qismi esa zaxira fondini shakllantirish uchun yo‘naltiriladi. Uzoq
muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha zaxira fondining mablag‘lari kredit
resursi sifatida foydalanilishi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin